📖 Mutoola vaqtii 📖

📚 Simbioz (yunoncha - «sym» - birga, «bios» - hayot) - birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi ushbu munosabatdan o‘ziga foyda oladi.

📚 Sklerofitlar (yunoncha - «scleros» - qattiq) - tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan sharoitda o‘sadigan, tuproqdagi namni zo‘r berib shimadigan o'simliklar.

📚 Stenobiontlar (yunoncha - «stenos» - tor, cheklangan, «biontos» - yashovchi) - nisbatan doimiy muhit sharoitida yashashga moslashgan, harorat, namlik, atmosfera bosimi kabi omillarning tor ko‘lamda o‘zgarishigagina bardosh bera oladigan o‘simlik va hayvonlar.

📚 Sukkulentlar (lotincha - «succulentus» - sersuv) - o‘z to‘qimalari va organlarida suvni zaxirada saqlaydigan o‘simliklar.

📚 Suksessiya (lotincha - «successio» - o ‘rin almashish) - ma’lum hududdagi ekosistemalarni izchillik bilan inson va tabiat omillari ta’sirida boshqa ekosistemalarga aylanishi.

📚 Taksis (yunoncha - «taxis» - joylashuv) - bakteriyalar, bir hujayrali hayvonlar, bir hujayrali suvo’tlari va yuksak o‘simliklarning jinsiy hujayralarining tashqi omillar (yorug‘lik, kimyoviy moddalar, kislorod) ta ’sirida harakati.

📚 Trofik daraja - ekologik piramidani tashkil qiluvchi organizmlar yig‘indisi.

📚 Fitosenoz (yunoncha - «phyton» - o‘simlik, «koidos» - umumiy) - muayyan
hududdagi o‘simliklar jamoasi.

📚 Fotoperiod - yil fasllari bilan belgilanadigan kun uzunligi.

📚 Fotoperiodizm (yunoncha - «photos» - yorug‘lik va davr) - kun uzunligining mavsumiy o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari.

📚 Fototropizm (yunoncha - «trope» - burilish) - yorug‘lik ta’sirida o‘simliklarning harakatlanishi, bunda harakat yo‘nalishi yorug‘lik yo‘nalishiga bog‘liq.

📚 Evribiontlar (yunoncha - «eurys» - uzun, «bios» - hayot) - keng tolerantlik chegaralariga va ekoiogik sharoitda sezilarli o‘zgarishlarga ega bo‘lgan, katta hududlami egallay oladigan organizm turlari.

📚 Ekologik nisha - turning biotizim sifatida mavjudligi, yashashini belgilab beruvchi barcha abiotik va biotik omillarning yigʼindisi.

📚 Gigrofitlar (yunoncha — «hygros» — nam, «phyton» — o'sim lik) - nam tuproq va yuqori namlikka ega havoda o‘sadigan o‘simliklar.

📚 Gidrobiontlar (yunoncha - «hydor» - suv, «bios» - hayot) - suv muhitida yashovchi organizmlar.

📚 Gidrosfera - yerning suvli qobig‘i.

📚 Gomologik (yunoncha - «gomonos» - o‘xshash) - kelib chiqishi va tuzilishi oʻxshash organlar yoki ularning qismlari

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof

Comments

Be the first to add a comment