Career Development nima?
Bugun ko‘p ishlatiladigan bir so‘z bor:
Career (karera)
Lekin rostini aytsam,
bu tushuncha hali ham O‘zbekistonda to‘liq shakllanmagan.
Ko‘pchilik uchun bu shunchaki:
— ish topish
— oylik olish
— ishlash
bilan cheklanadi.
Aslida esa Career — bu ancha keng tushuncha.
Bu:
insonning butun hayoti davomida o‘sish yo‘li
— qanday bilim olasiz
— qaysi sohada ishlaysiz
— qanday tajriba yig‘asiz
— qayerga qarab ketayapsiz
— qanday inson bo‘lib shakllanyapsiz
bularning hammasi — sizning karerangiz.
Endi Career Development nima?
Bu:
o‘z karerangizni ongli ravishda rivojlantirish
ya’ni tasodif bilan emas,
reja bilan, bosqichma-bosqich qurish.
Bu yerda men o‘z tajribamdan bitta misol keltirmoqchiman.
Men Yaponiyaga ketishimdan oldin
o‘zimga aniq qaror qo‘ygan edim:
10 yil ichida:
— Yaponiyada yapon tilini o‘rganaman
— universitetni tugataman
— global darajadagi karera quraman
— va oxirida Vatanga qaytib olgan tajribalarimni ishlataman
2 yil MBA da o'qiganim uchun 14 yil Yaponiyada qoldim
Bu qarorlar o‘sha paytda oddiy gap emas edi.
Lekin aynan shu aniqlik menga yo‘nalish berdi.
Natijada oldimdan doimo O‘zbekistonga aloqali imkoniyatlar chiqdi:
— O'zbekistonni yaxshi ko'radigan Yaponlar bilan tanishuvlar
— Career haqidagi ma’lumotlar
— Xalqaro imkoniyatlar
Hatto ish faoliyatimda ham
O‘zbekiston va Xalqaro savdoga aloqali yo‘nalishda ishlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Bu tasodif emas deb o'ylayman.
Bu — oldindan qo‘yilgan yo‘l / maqsad natijasi.
Ko‘pchilikda qanday?
— maktab tugatadi
— universitetga kiradi
— ish topadi
— qandaydir imkoniyatni kutadi
Lekin o‘zidan so‘ramaydi:
Men qayerga ketayapman?
Maqsadim nima edi?
Career Development aynan shu savoldan boshlanadi.
O'z Career yo'lni topishni 3 ta muhim bosqichi bor:
1. O‘zini tushunish
— men nimaga qiziqaman?
— nimada kuchliman?
— qanday hayot xohlayman?
2. Reja qilish
— 1 yil keyin qayerdaman?
— 3 yil keyin-chi?
— 5 yoki 10 yildan keyin?
Reja bo‘lmasa, yo‘nalish bo‘lmaydi.
3. Harakat qilish
— o‘rganish
— yangi skill/ko'nikma olish
— xatolardan qo‘rqmaslik
Harakat bo‘lmasa, imkon bo‘lmaydi.
Maqsad “barqaror joy/ yaxshi oylikli ish” topish emas
Maqsad — o'z karyera yo'lini (Career path) topish.
Ya'ni: Siz yaxshi ko'rgan, siz qo'lingizdan keladigan, jamiyatda kerak bo'lgan yo'lni topish.
Men buni oddiy qilib aytaman:
Agar siz o‘z karerangizni rejalamasangiz,
boshqalar siz uchun yo‘l tanlaydi va boshqalar tanlagan yo'lda yurishingiz kerak bo'ladi.
Oxirida bitta savol:
Siz hozir shunchaki ishlayapsiz / o‘qiyapsizmi?
yoki
o‘z career yo‘lingizni ongli ravishda qurayapsizmi?
Career Development — bu katta gap emas.
Bu har kuni qilinadigan kichik qarorlar:
— bugun nima o‘rgandingiz
— kim bilan gaplashdingiz
— qaysi yo‘lni tanladingiz
— va qaysi maqsad uchun?
Shu kichik qarorlar sizning kelajagingizni quradi.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook