Yaponiyaning Nikkei(Yaponiya iqtisodiyoti) gazetasi xabar berishicha, AI ommalashgandan keyingi davr ichida Rassom, Dizaynerlar daromadi 20% kamaygan. Tez orada bu ko’rsatkich yanada jiddiylashishi mumkin deyilmoqda.
O’zim ham AI ishlatayotgan odam sifatida, AI ning salohiyatini oshib borayotganini yaqqol sezilyapti. AI “over spec” bo’lib ketyapti va uning aytayotgan gapini tushunish uchun, AI bilan ishlash uchun odamni o’zida ham kuchli fundament talab qilmoqda. Yaponiyada bakalar 1-kursda majburiy IT Passport degan dars o’tilardi va bu dars barchani IT savodxonligini ko’tarishga xizmat qilar edi. Shu darsni tugatib testdan o’taolmasangiz universitetni bitiraolmaysiz. Qaysi fakultet bo’lishidan qatiiy nazar. Bizda universitetni tugatganlar word ishlatishni bilmaydiganlar ham talaygina.
Endi esa maktablarda, universitetlarda ham “AI litracy”, savodxonlik darslarini joriy etish kerak deb o’ylayman. Bu haqida nafaqat IT soha vakillari, yangi zamonning yangi talabibi singari barcha bilishi zarur.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook