Xo’sh, biz qarorlarimizni qanday qabul qilamiz? So’nggi qarorimizga ratsional va irratsional omillar qanday ta’sir qiladi? Aytaylik, tansiq ovqatdan keyin sizga shirinlik taklif qilishdi. Uni yeyish-yemaslikni tanlashingiz kerak. Bunda miyangizda qanday jarayonlar kechadi? Keling, mana shu oddiy misolda qarorlarimiz tarkibini o’rganib chiqaylik.

1 — Ratsional omillar

1.a — Obyektiv bilim: Siz shirinlikning organizmingiz uchun foyda yoki zararlarini o’zingizda avval sinab ko’rgansiz va buni bilasiz. Ana shu avvalgi tajriba sizga shirinlikni yeyish-yemaslikni ratsional baholashga yordam beradi.

1.b — Mantiqiy taxmin: Lekin hech kim hamma narsa haqida hamma narsani bilmaydi. Shu bois biz aniq bilimlarimiz tugagan joyda mantiqni ishga solamiz. Siz o’zingiz shirinlik yeb zarar ko’rmagan bo’lishingiz mumkin. Lekin, aytaylik, onangiz organizmi shirinlikni yaxshi hazm qilmaydi – siz esa sog’lik jihatdan onangizga o’xshaysiz. Bundan shirinlik sizga ham zarar qilishi ehtimoli baland degan mantiqiy xulosa chiqarasiz.

2 — Irratsional omillar

2.a — Intuitsiya: Bu ko’nglimiz buyruqlari, qalb (ruh) bilimi. Biz bu bilimlar qayerdan kelganini izohlab bera olmaymiz. Lekin ko’pincha ularga quloq solamiz.

2.b — Muhimlik: Mana shu yerda eng qiziq jarayon boshlanadi. Miyamiz shu yerga kelganda ajoyib iqtidorlarini namoyon qiladi. Siz shaxsiy yoki tashqi muhimlik sabab, shirinlikni qabul qilasiz. Chunki sizga uni taklif qilayotgan odam siz uchun o’ta muhim va uning qo’lini qaytarish juda-juda yomon ish (kinoyani sezgandirsiz). Shirinlik sizga zararligini bilsangiz ham, muhimlik sizni uni yeyishga majburlaydi. Yoki aksincha – ko’nglingiz shu shirinlikni tusab tursa ham, muhimlik bosimi ostida uni yeya olmaysiz.

2.c — Qo’rquvlar: Qarorlarimizga yashirin va oshkor qo’rquvlarimiz ham ta’sir qiladi. Siz kimdir shirinlikdan zaharlanganini ko’rgan bo’lsangiz – bu sizga shu taklif qilinayotgan shirinlikni xotirjam olib yeyishga imkon bermaydi. Yoki siz semirib ketishdan qo’rqasiz va shirinlikka qo’l tekkizmaysiz.

2.d — Komplekslar: Bunisi eng oddiysi. Tortinchoqlik, nuqsonlilik kabi komplekslar sizni shirinlikni yemaslikka undasa – ochko’zlik kabi kompleks sizni aslida yegingiz kelmagan shirinlikni yeyishga majburlaydi.

7QADAM - 6
@yettiqadam

10 comments

7 qadam 6 ni kutayapmiz.. Javlon Juraevga omad !
Uraaaaaa! Sevimli kitobim davom etarkan
Ажойиб жуда жуда хурсанд булдим ажаб емас Жавлон Жураев якин кунларда 6-китобни бизларга тортик килсалар
Жавлон Жўраев ҳақиқий ўзбек фарзанди ўзида бор билимни бошқалар билан баҳам кўрди. Манимча кўп одамлар у кишидан миннатдор бўлиши керак. Ҳаётимни яхши томонга ўзгаришига сабабчи бўлганлиги учун жуда хурматим баланд у кишига. Илоҳим соғ саломат бўлинг. Ижодингизга барака тилайман.
AVAZBEK MAXMUDOV
Assalomu aleykum Javlon aka sizdan juda juda minnatdorman ijodingizga omad.
Жавлон ака 6 китоб чикишини орзукиб кутяпман йозган китобизга гап болиши мумкинмас рахмат сизга хаммаси учун Жавлон ака
Тошбулокдан салом ! Жавлон акага омад!
Javlon Jurayev taniqli gey va ateistligini kim biladi
Farida Niyozova
👍👍👍👍👍👍