📊 Variantlarda koʻp soʻralgan.
▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬
💪 Odam organizmida yurak 4 ta kameradan yani 2 ta boʻlmacha va 2 ta qorinchadan iborat boʻlib, ularning navbatma-navbat sistola va diastola holatda boʻlishi yurak siklini tashkil etadi.
🛡 Boʻlmachalar sistola holatida boʻlganda qorinchlar diastola holatida boʻladi va aksincha...
🎯 Klapanlar holati
👇👇━━━━━━━━━━━━
🔵 Oʻng boʻlmacha sistola yoki oʻng qorincha diastola vaqtida 3 tavaqali klapan - ochiq, yarimoysimon klapan - yopiq holatda boʻladi.
🔵 Oʻng qorincha sistola yoki oʻng boʻlmacha diastola vaqtida 3 tavaqali klapan - yopiq, yarimoysimon klapan - ochiq holatda boʻladi.
🔴 Chap boʻlmacha sistola yoki chap qorincha diastola vaqtida 2 tavaqali klapan - ochiq, yarimoysimon klapan - yopiq holatda boʻladi.
🔴 Chap qorincha sistola yoki chap boʻlmacha diastola vaqtida 2 tavaqali klapan - yopiq, yarimoysimon klapan - ochiq holatda boʻladi.
Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻@Biology_prof@Biology_prof