😃 Qaysi hudud o‘quvchilari eng bilimdon?

Xabaringiz bor, biz 2020-yildan buyon butun respublika miqyosida onlayn olimpiadalar o‘tkazar edik. 2021-yildan Toshkentda, 2023-yildan Xorazmda va nihoyat 2025-yildan Buxoro, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida oflayn olimpiadalarimizni yo‘lga qo‘ydik.

O‘tgan olimpiadaga ko‘ra eng yuqori ballarning o‘rtacha qiymati bo‘yicha hududlar reytingini aniqladik. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha bu safar ham Xorazm viloyati, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Navbatdagi (15-iyun) olimpiadalarda ham barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

😊 Keyingi olimpiada reyting ballarini taqdim etuvchi eng so‘nggi olimpiada hisoblanadi.

📢 Olimpiada uchun offline.khiso.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish muddati 14-iyun 16:00 gacha.

ℹ️ Platformadan foydalanish bo‘yicha video-yo‘riqnoma bilan tanishishingiz mumkin: ➡️ YO‘RIQNOMA

2 comments

🌹🌹🌹🌹🌹
Arislanbaev Shuxrat
🌹🌹🌹🌹🌹
5 - klass