HUJAYRALAR EVOLUTSIYASI

Eukariotlarning kelib chiqishi.
Biz hayot paydo bo'lishi , Hujayra va Tirik tabiatning qanday paydo bo'lganligi haqida aniq malumotlarga ega emasmiz. Bu shunchaki faraz iltimos ishonib qolmag !!!

Paleontologiya dalillariga ko'ra Prokariot hujayra 3,5 milliard yil oldin paydo bolgan deb taxmin qilinadi. Taxminlarga ko'ra Eukariotlar Prokariotlardan kelib chiqqan. 
Eukariot hujayrani kelib chiqishini tushuntrishda 3 ta katta Gipoteza mavjud :
1. Simbioz gipotezasi ✅
2. Invaginatsiya gipotezasi. ✅
3. Ko'p genomli gipoteza. ✅

📌 Simbioz gipotezasi.
Simbioz ikki va undan ortiq turlarning birgalikda yashashidir. Ya'ni hamkorlikda yashaydilar. 
Simbioz gipotezasiga ko'ra eukariot hujayr bir - biri bilan simbioz holda yashovchi , har xil tiplarga mansub , ko'p hujayralardan hosil bo'ladi. 
Simbioz gipotezasiga ko'ra : mitoxondriya va xloroplast mustaqil kelib chiqishga ega tuzilmalar xisoblanadi.
M : mitoxondriyalar aerob prokariotlardan kelib chiqqan deyiladi. 
Yadroning paydo bolishi hojayin hujayraning DNK siga bogliq boladi , degan taxmin mavjud. 
Yadro hosil bo'lgandan so'ng , membranalaridan endoplazmatik to'r , Golji majmuasi va undan esa Lizosoma va Vakuola hosil bo'lgan deyiladi. ✅

📌 Invaginatsiya gipotezasi.
Bu gipotezasiga ko'ra , eukariot hujayra organellalari hujayra membranasining ichkariga botib krishi ( invaginatsiyasi ) natijasida hosil bo'lgan deb tushuntiriladi. 
Bu gipoteza orqali Mitoxondriya , xloroplast , yadroning qo'sh membranali ekanluhini tushuntrish oson. ✅

📌 Ko'p genomli gipoteza.
Ushbu gipotezaga ko'ra Eukariotlar prokariotlardan Genomni koplab bolaklarga bo'linishi va ular malum funksiyani bajarishi natijasida hosil bo'lgan deb tushuntiriladi. ✅

Kanalimiz manzili
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof

Comments

Be the first to add a comment