Muhammad Sodiq 5 yosh edi. Birga aylanib bòlgach uyga qaytayotganimizda:" ada chanqadim suv obering", deb qoldi. Yòl bòyidagi katta dòkonga kirdik. Shokolad otdelida turib 1-2 ta shirinlik tanlayapti, men esa kuzarib turibman. Shu payt yonimizdan Muhammad Sodiq qatori bòlgan bir bola bilan kamsiqimgina kiyingan otasi òtib qoldi. Òģli adasiga qarab: - Ada bitta kinder obering, iltimos, oberaman degandizku. Otasi: - òģlim keyingi safar olib beray, hozir singlingga kasha olishimiz kerak, pulim bittasiga yetar ekan. Òģliga bu gap yoqmagan bolsa ham "xòp, mayli" deb qòydi. Ular kasha tomonga òtib ketishdi. Men kassaga borib kassir qizga, hozir anavi kishi (kòzim bilan imlab) bitta kasha kòtarib keladi. Siz bugun dòkonimizda aksiya ketayapti, bitta kasha olsangiz, ikkinchisi bepul berilyapti deb ayting, yetmaganiga men tòlayman, deb òģlimni oldiga ketdim. Muhammad Sodiq 3 ta shokolad va 2 ta detskiy sharbatdan olgan ekan, Biz ham kassaga bordik. Haligi kishini ortida navbatda turdik. Kassir qiz aksiya haqida aytganida xursand bo'lib ketdi. Singlim:"2-kashani o'rniga pampers olsam bo'ladimi?" deb so'rab qoldi, Kassir qiz esa darrov menga qaradi, men esa ko'zim bilan "ha" deganday ishora qildim. Qiz ham "ha bemalol", deb aytdi. Haligi kishi borib bitta pochka pampers olib keldi. U pulini berdi va ko'chaga chiqib ketdi. Navbat bizga keldi. Men ham to'lovni amalga oshirib o'g'lim bilan ko'chaga chiqdik. Keyin Muhammad Sodiqga: - O'g'lim qara, san 3 ta shokolad olibsan, anu bola esa yo'q. Nima deb o'ylisan, nima qilsak zo'r ish bo'ladi?
- Ada man bitta shokoladimni unga bersam maylimi?
- Albatta, shokoladlar seniki nima xohlasang o'shani qil. Agar bermoqchi bo'lsang qo'lingdagi kinderni bergin. Agar olmayman desa, Buni men emas Alloh berdi deb ayt
U shu gapimni eshitib yugurib ketdi. Haligi bolaga qo'lidagi kinderni va bitta suvini ham berdi. Men esa kuzatishda davom etdim. Keyin yugurib oldimga xursand bo'lib qaytdi. O'sha bolaning otasi menga qarab "Rahmat" deganday qo'lini ko'ksiga qo'yib sal egilib qo'ydi. Hamma o'z yo'lida davom etdi. O'g'lim juda ham xursand edi, bu ko'zidan sezilib turardi. Yo'lda: "O'g'lim bugun zo'r ish qilding, Bu ishdan halagi bola ham, men ham , eng muhimi Alloh ham xursand bo'ldi. Shu doim esingda qolsin. Doim Allohni xursand qiladigan ishlarni qilgin. Shunda doim yutasan. Endi bu ishingdan keyin Alloh seni ham xursand qilsa kerak" deb aytdim. Uyga bordik. Unga anchadan beri olib bering deb aytayotgan o'yinchog'ini olib qo'ygan, ammo o'ziga hali aytmagan edim. Uyda biroz chalg'igach, so'ragan o'yinchog'ini oldim va ko'chadan kirganday bo'lib, o'g'limga qarab: "O'g'lim qara bu nima?" deb qo'limdagini ko'rsatdim. U juda xursand bo'lib ketdi, chunki anchadan beri shu o'yinchog'ini kutayotgan edi. - Ada buni qachon oldingiz? - Buni men olmadim, buni senga Alloh berib yuboribdi, U sendan xursand bo'libdi...
O'g'lim shu gapni eshitib o'ylanib qoldi.
O'sha paytdagi o'glimning ko'zidagi quvonchi hali ham ko'zimni oldida turadi....
Ustoz bu voqeani o'qib farzandlarim tarbiyasida qo'laydigan ko'p narsalarni o'rgandim. Katta rahmat. Ustoz yozganlaringizni hammasini bir qilib kitob qilib chiqarsangiz ajoyib to'plam bo'lardi.