⚡️ Yaqin hamkorimiz “Innovator” jurnalidan yangi loyiha: “Vazirdan maktub” 📑2020-yil xalqimiz butun insoniyat kabi murakkab davr –
global pandemiyani boshdan kechirdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi ming yillar davomida shakllanib kelgan
xat yozish anʼanasini aynan o‘sha kunlarda – koronavirus tufayli koʻpchilik uyidan chiqmaslikka majbur boʻlgan paytda tiklashga jazm etdi va Innovatsion rivojlanish vaziri
Ibrohim Abdurahmonov vazirlik xodimlarining
7 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan farzandlariga maktub yoʻllab, ularning koʻngliga quvonch va motivatsion ruh bagʻishladi. Vazirning yoʻllagan maktubidan soʻng bolalardan ham vazirga xatlar kela boshladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligining ijtimoiy tarmoqlarida yoritib borildi.
🤩Кuchli motivatsiya va bolalar hayotida tub burilishlarga sabab boʻlgan
“Vazirdan maktub” loyihasini
“Innovator” jurnali oʻquvchilari uchun ham tashkillashtirishga qaror qildik.
Barchangizga vazirdan xat olish imkoniyati nasib etishini tilab qolamiz.✊
Ulugʻbek izdoshlari final bosqichi boʻladimi yoki yoʻqmi