#LABARATORIYA_MASHGULOTI
( 5 - sinf yangi nashr 2020 ☑️ )
( Lupa va Mikroskop bilan ishlash )

Tirik Organizmlarning tuzilishini o'rganish uchun kattalashtrib ko'rsatadigon asboblardan foydalaniladi. Ularga lupa va mikroskop kiradi.
Lupa - eng sodda tuzilgan kattalashtrib ko'rsatuvchi asbob bo'lib , ikki tomoni qavariq linzadan iborat.
Qo'l lupasi - buyumni 2- 20 marotaba kattalashtrib ko'rsatadi. Tekshirilayotgan obyekt tuzilishi o'rganiladi.
Mikroskop - kichik obyektlarni kattalashtrib ko'rsatuvchi labaratoriya jihozi hisoblanadi.
Mikroskop qismlari :
1. Okulyar 5. Makrovint
2. Obyektiv 6. Mikrovint
3. Buyum stolchasi 7. Shtativ
4. Kozgu 8. Taglik
Mikroskop necha marta kattalashtrilganini aniqlash uchun Okulyar va Obyektiv ko'paytriladi.
Masalan Okulyar 10 , Obyektiv 20
10*20=200 ☑️

Mikroskop bilan ishlash :
1. Stol chetidan 3-4 sm qoldirib mikroskop joylashtriladi.
2. Ko'zguni yorug'likka qaratiladi. Okulyardan qaralganda yorug'lik bir tekis tushishi kerak.
3. Tayyor preparatni buyum stolchasiga joylashtriladi va qisqich bilan qotiriladi.
4. Makrovintni oxista burib , tubusni pastga tushuriladi. Obyektiv preparatdan 4-5 mm balandlikda bo'lishi kerak.
5. Okulyarga bitta ko'z bilan qarab ikkinchi ko'z yumiladi.
6. Tubus makrovint yordamida oxista ko'tariladi. ( Tasvir hosil bo'lguncha )
7. Tasvirni yanada tiniqroq ko'rinishi uchun mikrovintdan foydalaniladi.
8. Mikropreparat birinchi kichik obyektivda keyin katta obyektivda kuzatiladi.
9. Shu tariqa Mikroskop orqali kichik preparatlarni aniq ko'rish mumkin.

Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻
@Biology_prof
@Biology_prof

Comments

Be the first to add a comment