1-aprel. Yaponiyada yangi o‘quv yili boshlanadi.
Yaponiyada bitta haqiqat bor:
Bu jamiyat — ma’lum darajada “学歴社会” (ta’lim va diplom muhim bo‘lgan jamiyat).
Qayerda o‘qiganingiz, qanday bilim olganingiz —
ko‘p hollarda sizning imkoniyatlaringizni belgilaydi.
Bu yaxshi yoki yomon masala emas.
Bu — real holat.
Shu sababli men Yaponiyaga kelganimda, maqsadim juda aniq edi:
Yaxshi universitetga kirish.
Bugundan roppa-rosa 14 yil oldin,
men o‘z orzuimdagi universitetga kirdim.
Hali ham o‘sha kunni unutmaganman.
Tokioda xalqaro siyosat va iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qish imkoniyati o‘sha paytda deyarli faqat 2 ta universitetda bor edi:
— Waseda
— Aoyama Gakuin
Talablar esa oddiy emas edi:
— JLPT N1
— Yaxshi ingliz tili
— EJU va boshqalar
Men maxsus yoki juda iste’dodli emas edim.
Lekin men bitta narsani qildim:
to‘xtamadim.
— Intervyuga jiddiy tayyorlandim
— Hatto konbini menejeri(Tencho)dan maslahat oldim
— EJU imtihonini 3 marta topshirdim
Natija qoniqtirmaguncha qayta-qayta topshirdim.
Chunki men uchun bu shunchaki universitet emas edi.
Bu — Yaponiyada qolish yoki qolmaslik masalasi edi.
Shu paytda men bir narsani tushundim:
Ko‘pchilik orzu qiladi.
Lekin kamchilik tayyorlanadi.
Orzu — bu hissiyot.
Natija — bu intizom va harakat.
Men qilgan ish juda oddiy edi:
— Har kuni tayyorlanish
— Yon atrofdagilardan maslahat, yordam olish
— Reja bilan ishlash
— Yapon o'qituvchilardan yordam olish, ularga orzularim haqida uyalmasdan aytdim.
Mening orzum o'zimni esimdan chiqsa ham ustozlarim qattiq qo'llik bilan har doim eslatishar edi. Har zamonda nega aytdim a deb ham o'ylab qolar edim
😄Orzular o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi.
Siz qilgan har bir kichik harakat
— ertangi natijangizni quradi.
Bugun yangi bosqich boshlayotganlar uchun:
Oson yo‘l yo‘q.
Lekin aniq yo‘l bor.
Shu yo‘lda yuradiganlar oxirigacha yetadi. Hammaga Yaponcha yangi yil muborak bo'lsin!
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Aloqaga chiqavering bemalol @Khasanov_Jurabek