❗️БУ МУҲИМ: магистратурада чет тилидан тест синовлари учун кимга рухсатнома чиққан бўлса, ўша абитуриентлар тестда қатнашишга келишлари мумкин. Улар мутахассислик фанидан неча балл олганларидан қатъи назар тестда қатнашиш ҳуқуқига эга.

Ҳатто мутахассислик фанидан 56% дан кам тўплаганлар ҳам, рухсатнома чиққан бўлса чет тили синовларига келсин ва иштирок этсин. Кейинчалик уларнинг магистрлар сафига қабул қилиниши ёки қилинмаслиги Давлат қабул комиссияси томонидан алоҳида кўриб чиқилади. Бу ҳақда тез орада расмий изоҳ ҳам чиқиши кутилмоқда.

Барчага тавсиям: аввалги имтиҳонда неча балл олган бўлсангиз ҳам тест синовларида албатта қатнашинг.


👉 @xushnudbek 👈

500 comments

Show 100 more comments
Nilufar Akramova
56 tuplagan bu maksimal balmi yoki bundan yuqori tuplaganla bormi endi 50 bal tuplash kerak ekan
Ingliz tilidan ruxsatnomani qayerdan olsa boladi
Assalomu aleykum. Sertifikati yoq lekin ruxsatnomasi ham chiqmay qolganlar qayerdan aniqlasin imtihon kuni va vaqtini
56 dan kam to'plaganlar ham keyingi ya'ni chet tili imtihoniga kiritilsa bu qanday gap. Unda magistraturaga qabul qilish to'g'risidagi nizom nima bo'ladi. Agar boshidanoq ogohlantirish kerak edi "spets" fandan ball bo'yicha aniq cheklov yo'q deb. Bu holatda ayrimlar vaziyatga qarab o'zgarish qilyabtimi? Yoki yuqoridagilar nima desa xalq ko'nikuradimi? Mojaroli holat bu
Spets fanni yarmini ham bilmagan odam shu sohada o'qishga munosibmikan. Faqat chet tili bilan imtihondan o'tib masalan, tabiiy yo'nalishga o'qishga kirsa bu qanaqa vaziyat. Menimcha o'ta mantiqsizlik. Ertaga u kabi shu yo'nalishda savodi yo'q kadrlarni o'qitish va ularni himoyaga chiqarish ham professor o'qituvchilar uchun judayam bir qiyin vaziyat keltirib chiqaradi.
Фируза Абдуллаева.
Илтимос ички переводни аниқлаб беринг олдиндан рахмат.
Гули Музаффаровна
Assalomu alaykum hammaga! Kechagi ingliz tili imtihoni javoblarini qanaqib bilsa bo‘ladi iltimos yordam bervorila biladiganlar bo‘lsa