Xayrli kech aziz ustozlar va o‘quvchilar!
Onlayn olimpiadalar platformamiz yangilangandan keyin
eng asosiy yangiliklardan biri bu
reyting ballari edi. Ko‘pchilik
"nega shuncha qatnasham ham reyting ballarim o‘zgarmayapti, nega 0.00 ball turibdi" kabi savollar ham berishdi. Ularning savoli ham o‘rinli. Saytimiz sentabrda yangilangan bo‘lsa, bu qisqa vaqt davomida 300 dan ziyod (barchasi bepul!) olimpiadalar o‘tkazildi. Talab va takliflardan kelib chiqib, endi
medalli va
reytingli olimpiadalarni ham yoʻlga qoʻymoqchimiz. Reytingli olimpiadalar g‘oliblariga
medallar beriladi hamda g‘olib bo‘lmagan taqdirda ham
reyting ballarini jamg‘arib boriladi. Ballar ma'lum chegaradan o‘tgandan keyin ma'lum
darajalar va
ko‘krak nishonlar beriladi. Reyting ballari xuddi
KUNTESTI mobil ilovamizdagi
qonuniyat a'sosida beriladi. Hozircha ilk reytingli olimpiadalarni ham yakshanba kuniga rejalashtiryapmiz.
Shuningdek, o‘qituvchilarimiz talabidan kelib chiqib 19-dekabr kuni 10 ta (!) fandan attestatsiyaga tayyorgarlik testlarini ham o‘tkaziladi.
Lekin hafta davomida zerikib qolmaslik uchun alohida
KUNTESTI mobil ilovamiz mavjud. Unda har bir sinfga har kuni alohida testlar (Matematika, Ingliz tili va boshqa fanlardan) beriladi. Har kungi ishtirok uchun reyting ballar beriladi. Oy yakunida #respublika, #viloyat va #tuman kesimida gʻoliblar aniqlanadi. Yangilik sifatida aytishimiz mumkin, oldingidek reklama orqali bepul tangalar olish imkoniyati yaqinda qaytishi kutilmoqda.
Bir dono odam aytgandi: Haftada bir kun koʻp shugʻullanish oʻrniga, har kuni oz ozdan shugʻullanish foydaliroq.
Shunday ekan kunlik muntazam testlarda faol qatnashing. Ham bilimingizni sayqallab borasiz, ham gʻolib boʻlishingiz mumkin.
Mobil ilovamizning telegram kanali: 👉 @kuntesti