Yaqinda tayinlangan Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Hirata O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan JICA ko‘ngillilari va ekspertlarini Elchi qarorgohiga taklif qildi hamda har bir loyiha bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Ushbu tadbirning menga ayniqsa yoqqan jihati shundaki, 2025-yil dekabr oyida Prezidentimizning Yaponiyaga bo‘lgan tashrifi doirasida qariyb 75 ta kelishuvga erishilgan va ikki tomonlama e’lon qilingan kelishuv deklaratsiyasida “JICA” so‘zi 35 marta tilga olingan.

Bu raqamlarning o‘ziyoq O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida JICA ning qanchalik muhim rol o‘ynayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Bugun men birga ishlayotgan insonlarni yana bir bor yangidan kashf qildim.
Ular — har bir sohada jonkuyar, o‘z ishining chinakam professionali, O‘zbekistonni samimiy sevadigan insonlar ekan.

Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning rivoji — aynan shu aloqaga daxldor har bir insonning kundalik fikri, mas’uliyati va harakatiga bog‘liq.

Bir-birimizdan o‘rganib, birga rivojlanishda davom etamiz.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

Comments

Be the first to add a comment