Saharlik uchun osh kelgani bordim. Kassaga pul to'lab endi moshinaga o'tirmoqchi edim, bir yosh bola yonimga kelib, aka sizga bitta iltimosim bor deb qoldi. Uning muddaosi nima ekanligini tahmin qilganimchalik hozirda ko'p tarqalgan sa;biy holatlar biri bo'lgan, otam nogiron doriga pul kerak deb qoldi. Dastlab e'tibor bergim kelmadi, ammo uni yonimga chaqirib biroz suhbatlashdim. Ismini, yoshini, qayerda o'qishini so'radim. Suhbatimiz tahminan quyidagidek davom etdi:

- 12 yosh bo'libsan, endi katta bolasan, yolg'on gap yaxshi emas, bunday qilma. Otamga dori kerak deyapsan, otang rostan ham kasal bo'lsa ham hamma pulingni doriga ishlatmaysanku... Undan ko'ra rostini aytishga o'rgan.

- aka men yolg'on gapirmayapman, otam rostan ham nogiron, ko'p dori kerak. Man xudodan qo'rqaman

-Unda kel man sanga boshqa maslahat beraman, qilasanmi?

- Albatta, qilaman

- Bu yerga nechta moshina keladi, bilasanmi?

- Yo'q, bilmayman.

- Qara, 4 ta qozonda osh qilinyapti, har biri 30 kg dan, jami 120 kg osh. 1 kg osh 10 ta odam yetadi. Demak 1200 ta odam keladi. Bitta moshinaga 4 ta odam kelsa tahminan 300 ta moshina kelishi kerak, shulardan yarmo moshinasiz keldi desak ham, kamida 150 ta moshina keladi.

- Moshinalarni manga nima aloqasi bor?

- san mana bu 40 ming ni olginda, do'kondan bitta gupka va glitsirin olgin. Ertadan har kelgan moshinani balonini egasi osh olguncha qoraytirib qo'y, ammo egasidan bu uchun pul so'rama, o'zi bersa ol. Ko'rasan o'zing kutganda ko'proq pul topasan. Boshingni egib odamlardan pul so'raganingdan ko'ra bu ishing san uchun ancha foydali bo'ladi. Hm boshing egilmaydi. Ammo manga 2ta narsaga vada berasan maylimi?

- qanday vada?

- Hozir seni vaziyatingda bu ish zarur, ammo bu ishni kelajakda kasb qilib olmaysan, senda xatto kattalarda ham kam uchraydigan, qatiyat va masuliyat bor ekan, bu sifatlaring bilan xudo xohlasa katta joylarda ishlaysan. Bunga shubham yo'q. Ikkinchisi esa maktabda yaxshi o'qishga vada ber.

- vada beraman.

- agar vadangda tursang, insha Alloh sen uchun hammasi zo'r bo'ladi. Kel endi duo qilamiz.

Duodan so'ng, moshinaga o'tirib uyga ketdim. Ertasi kuni o'sha yerga bordim,aynan o'sha bolani kuzatgani, biroz uni topa olmadim, zimdan kutib turdim, qarasam qo'lida gupka bilan moshinalarni balonini tozalab yuribdi. Ko'rib xursand bo'ldim. Endi 2-vadasiga amal qilishida Alloh o'zi unga madodkor bo'lsin. Ummat bunday mardlarga muxtoj...

20 comments

Show 10 more comments
Juda aqlli yechim qilibsiz
Жуда зўр маслаҳат берибсиз, Хасанхўжа! Оллоҳ ёрлақасин сизни!🤲
Шундай яхши инсонлар кўпайсин!🤲
Бу бола учун бир умрлик ваъда бўлди.Ҳалолликдан адаштирмасин, илоҳим!🤲
Isomjon Islamov
Alloh rozi bo’lsin Ustoz
Ha barchamizga ibratli voqia ekan
Allah rozi bo'lsin!
Sizdek insonlar ko'payaversin
Alloh rozi bo'lsin
to'g'ri ko'rsatilgan yo'l insonni yorug' kunlarga yetaklaydi,albatta ,shu yo'l dadavom etsa....
shu bolani ishlariga omad tilayman hamda sizdek insonlarni ham albatta.
Assalomu alaykum juda yaxshi sizdek insonlar ko'payaversin Alloh rozi bulsin sizdan ilohim