2026-yil siz uchun “Connecting The Dots”ni topadigan yil bo’lishini tilayman.
Mana bugun yangi yil kirib kelmoqda. 2025-yil, siz uchun qanday kechdi? Balki, ba’zi rejalaringizga erishdingiz, bazilariga esa yo’q.
Aslida, yil o’zgarsada, asr o’zgarsada har kuni bir xil, yer quyosh atrofida aylanishda davom etaveradi. Lekin, yil yakuni biz uchun, eski yilni sarhisob qiladigan va yangi rejalar qo’yish imkoniyatini beradi.
Steve Jobsning mashhur “Connecting The Dots” degan so’zi bor. Ma’nosi, ba’zi voqea, hodisalarni ma’lum bir vaqt o’tgandan keyin bir-biriga juda bog’liq ekanligi, sizni bugungi kuningiz aslida yillar davomida sodir bo’lgan hodisalarning natijasi ekanligini mana shu so’zlar bilan ta’riflash mumkin.
Sizning hayotingizda mana shu so’zlarni his qilgan vaziyatlar bo’lganmi? Menda esa 2025-yil oxirida yana bir marta his qildim.
2024-yildan beri Yaponiyadan qaytib Migratsiya sohasida ish olib boryapman. Buni qarangki, 2022, 2023, 2025 yillar, aynan O’zbekistonning Migratsiya Agentligidan tashakkurnoma olish imkoniyatiga ega bo’ldim. 2022-2023 yillar men NEC Corporationda ishlar edim va to’g’ridan to’g’ri bu sohaga aloqam yo’q edi. Lekin ichimda chet eldagi vatandoshlarimizni og’rini yengil qilish niyyatim mana shunday natijalarni olib keldi deb o’ylayman.
Connecting The Dots, mening bu hayotdagi vazifam aslida nima ekanligini kimdur xuddi pishirlab aytib turgandek.
Sizda ham shunday Connecting The Dots vaziyatlari bo’lganmi? Agar hali bo’lmagan bo’lsa, kelayotgan 2026-yil barchangizga o’zingizni topish uchun turtki bo’ladigan yil bo’lishini xohlayman.
2026-yilda ham birgalikda yangi marralarni zabt etish nasib etsin!