Jurabek Work Skill Tips

Yaponiyada biznesda ishonch qozonishning birinchi qadami:

Quick Response

Bu faqat tez javob berish emas.
Bu — tez reaksiya berish.

Ko‘pchilik shu joyni noto‘g‘ri tushunadi.

Savol keladi → odamlar mukammal javob berishga harakat qiladi → vaqt o‘tadi → javob kechikadi. Siz mukammal javob berishga harakat qilayotganingizni hech kim bilmaydi.

Yaponiyada bu noto‘g‘ri yondashuv.

To‘g‘risi:

Avval signal berish, keyin to‘g‘ri javob berish.

Xabarni oldingizmi — darhol bildiring

Masalan:

“Qabul qildim, hozir tekshiryapman”
“Rahmat, ko‘rib chiqib javob beraman”

Bu bilan siz:

Men xabarni ko‘rdim. Xavotir olmang!
Men bu ishni e’tiborsiz qoldirmayman.

degan signal berasiz.

Bu juda muhim.

Email — 24 soat ichida

Yaponiyada emailga javob bermaslik — eng yomon xavotir uyg'otadigan jihat.

To‘liq javob bo‘lmasa ham:

“Hozir tekshiryapman, falon vaqtda javob beraman” deb jarayon haqida aytib qo'yish

yetarli.

Jimlik — xavotir.

Telefon — tez qayta aloqa

Qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubordingizmi?

Keyin darhol qayta qo‘ng‘iroq qiling.

Yoki qisqa yozing:

“Uzr, hozir band edim. Qayta qo‘ng‘iroq qilaman.”

Bu ham Quick Response.

Tez javob berishga shoshilmang

Masalan sizdan:

“Ertaga tayyor bo‘ladimi?” deb so‘rashdi.

Noto‘g‘ri:

“Ha bo‘ladi” (tekshirmasdan)

To‘g‘ri:

“Hozir tekshirib, aniqlab aytaman”

Avval tushuning, keyin javob bering.

Xulosa:

Quick Response — bu darrov mukammal javob berish emas.

Bu:
tez ko‘rish
tez signal berish
va keyin shoshmasdan aniq javob berish

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

Comments

Be the first to add a comment