Xayrli kun azizlar!

Saytimizda odatda faqat shanba va yakshanba kunlari olimpiadalar boʻladi. Lekin hafta davomida zerikib qolmaslik uchun alohida KUNTESTI mobil ilovamiz mavjud. Unda har bir sinfga har kuni alohida testlar (Matematika, Ingliz tili va boshqa fanlardan) beriladi. Har kungi ishtirok uchun reyting ochkolar beriladi. Oy yakunida respublika, viloyat va tuman kesimida gʻoliblar aniqlanadi.

Bir dono odam aytgandi: Haftada bir kun koʻp shugʻullanish oʻrniga, har kuni oz ozdan shugʻullanish foydaliroq.

Shunday ekan kunlik muntazam testlarda faol qatnashing. Ham bilimingizni sayqallab borasiz, ham gʻolib boʻlishingiz mumkin.

Bugun yangi oy boshlandi. Demak bu oydagi gʻoliblik sizniki boʻlishi mumkin!

Mobil ilovamizning telegram kanali: 👉 @kuntesti

10 comments

Surayyo Gafforova
Nemis tili fanidan ham bo'ladimi
salom tanga surayapti buni qanday olsak buladi
💕💕 SHAXZODA 💞💞
salom tanga surayapti buni qanday olsak buladi
Hozircha faqat click orqali olsa boʻladi. Yaqinda reklama koʻrish orqali bepul tanga olish qoʻshiladi, xudo xohlasa
clikdan olishni videos yuqmi .oldindan raxmat
Allanazarova Muhabbat
Omad hammaga
Насиба.
Номер хисобида 10 минг пул бор лекин кун тестига танга йук деб кириб булмаяпти
Ushbu natijalar bekor qilingan. 5-dekabrda hamma qatnashaveradi qaytadan.