Soʻzim boshida bitta hayotiy misolga toʻxtalmoqchiman. Temirchi usta, qizib turgan temirni ming martalab goh qattiq, goh yumshoq uradi. Natijada mustahkam va oʻtkir qilich yasaladi. Hayotda pand-nasihat va maslahat beruvchi ustozlarimizni shu temirchiga qiyoslasak, oʻtkir qilich esa oʻzimiz boʻlamiz. Ya’ni ustozlarni oʻgitlari bilan shu darajaga yetamiz. Aslida aynan biror kuni emas, har kuni ustozlarimizni e’zozlashimiz kerak!
Sizga bir e'tirozim bor edi.Qayerdan murojaat qilishni bilolmay shu yerdan yozdim.Bayram munosabati bilan uyushtirilgan testning ona tilisidan men 100 foiz toʻgʻri ishlaganman lekin 80 ball chiqdi.Chunki sizlar xato javoblarni toʻgʻri deb qoʻygan ekansizlar kerak boʻlsa isbotlab berishim mumkin.Biroz eʼtiborli boʻlinglar demoqchiman