Attestatsiyada quyidagi maslaxatlarga amal qilsangiz foydadan holi bolmaydi
1. O'zingizni hotirjam tutishga harakat qiling.
2. Mutlaqo shoshmang. Chunki vaqt yetib ortadi.
3. Savolni qayta-qayta o'ib chiqishga erinmang. Chunki xato oqigan yoki notogri tushungan bo'lishingiz mumkin
4. Togri topdim deb oylagan savolingizni ham diqqat bilan qayta korib qoying.
5. Agar savollar orasida bilmagan test tushib qolsa, darrov keyingisiga o'ting. O'sha testda o'ylanib o'tirib vaqtdan yutkizasiz. Chunki bu savolni oxirida ko'rib chiqsayam bo'laveradi.
6. Testni faqat ko'zlarizda o'qimang, birovga halaqit qilmaydigan darajada ovoz chiqarib o'qing. Miya yaxshiroq ishlaydi.
7. Raqamli testlarda noto'g'ri javoblarni chiqarib ishlang.
8. Birovdan yordam olish fikridan mutlaqo voz keching. Garchi yonizda o'tirgan odam Geniy bo'lsa ham. Bilmayapman, yordam berarmikin degan fikrlar ozingizning miyangizni tormozlaydi xolos.
9. Oldingizda 40 ta test bor, kamida 24 ta ishlash kerak. Bu degani vahimaga hojat yo'q. Ahir 10 ta xato bilan oliy toifaga o'tishyaptiyu siz 2-toifaga o'tolmayman deysizmi
10. Har qanday testni nozik joyi bo'ladi. Ishni shu nozik joyni topishdan boshlang.
11. Har qanday testni to'g'ri yechish uchun faqat bilim emas, e'tibor, mantiq kerak. Bilmasligiz mumkin bu testni notogri yechish kerak degani emas
12. Bu oxirgisi. Hech qachon bilmagan testingizni ham taxminan belgilamang, bir urinib koring
Bular faqatgina mening shaxsiy fikrlarim. Yordami tegsa faqat xursand bo'laman.
Bekzod Shokirovich
😊💻 @Biology_prof - kanallarning eng noyob va qizil kitobga kiritilgani
🤭