Kuni kecha meni fan olimpiadalariga qiziqtirgan ustozim, “Mehnat Shuhrati” ordeni sohibi - Yusufboy Boltayevga bayram munosabati bilan sovgʻa yuborgandim.

Hozirda men poytaxtimizda, Xalq ta’limi vazirligida faoliyat olib bormoqdaman. Ustozim esa men oʻqigan Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 40-A.F.Ch.Oʻ.I maktabida yoshlarga bilim berib kelmoqdalar. Masofa 1000 kilometrdan oshiq, lekin har doim ustozimga yaqinman.

Yana bir bor barcha ustozlarga bayram muborak boʻlsin!

6 comments

Sobir Baishev
Assalomu aleykum ustoz va murabbiylar bayrami bilan tabriklayman.Ustozingizni bayram bilan tabriklaganingiz yaxshi bo‘libdi.
Ishlaringizga omad.
Ahmedova Sevinchoy
Assalomu alaykum Sardor Ustoz.Bayramingiz bilan tabriklayman.Uzoq umr korib sog salomat yurgaysiz.Sizlarni OLLOHIM qollasin USTOZ.RAHMAT.
Bu ustoz meni ham matematikadan o'qitgan, shu bilan birga sinf rahbarimiz ham bo'lgan ,hozirgi kunda kimyo fani o'qituvchisi bo'lsamda shu fanni menga Yusufboy aka o'qitgani uchun minnatdorman.Olgan bilimlarim kimyo fanini o'qitishda juda qo'l kelmoqda.Bu ustozimni o'z otamdek yaxshi ko'raman ,ilohim umri uzoq, tani jonlari sog' bo'lsin.Bunday bayramlarni ko'plarini ko'rib yursinlar, biz shogirdlar ularni tabriklab yurish nasib etsin 1998 yil bitirgan sobiq o'quvchisi bugungi kunda o'zim ham 18 yillik pedagogik faoliyatga egaman.
Эргашева Машхура
6000 туловни кандай килинади
Salom bugungi olimpiadada tarix fanidan 100 ballni qo'lga kiritgandim.Login parolni esdan chiqardim sertifikatni olishga yordamlashing iltimos