Yaponiyaga kelganim ilk kunlaridanoq, ko'plab vatandoshlarimiz sms orqali, ijtimoiy tarmoqlarda va ko'rishganda "O'zbekistonda oylik ko'tarilgan ekan, O'zbekistonda odamlar ko'p topayotgan ekan" deyishmoqda. Odam nimani qidirsa o'shani topadi, nimani so'rasa o'shani oladi. Siz nimaga qiziqsangiz o'sha ma'lumotlar sizga yig'ilib keladi.

Tan olish kerak Yaponiyadagi oxirgi vaqtdagi chet elliklarga bo'lgan davlat va xalqning munosabatini o'zgargani, ko'pchilikda aynan yuqoridagi gaplarni eshitgilari, "Biz qayerda bo'lmasak o'sha yer zo'r" degan maqolni eshittiradi.

Bordiyu siz kelajakda O'zbekistonga qaytib Yaponiya tajribasini ishlatmoqchi bo'lsangiz, quyidagilarni esda tutishingiz kerakligini aytmoqchiman:
1) Har yerni qilma orzu har yerda bor tosh tarozuโ†’ batafils ko'rishganda aytib beraman.

2) Yapon tilini JLPT 2 dan past darajada bilsangiz, vatanga qayib men Yaponiyada falon yil o'qiganman (yoki ishlaganman) deb aytib o'tirmang. Yana bir marta aytaman, Yapon tili orqali pul ishlayman degan kishi JLPT 1 olgandan keyin birinchi eshik ochiladi. N1 bo'lmaganlar bilingki siz hali eshikdan tashqarida turibsiz.
Aeroprotda men bilan uchib kelgan ukalarimiz, 3-4 yildan beri Yaponiyadamiz, JLPT topshirmaganmiz, darajamiz ham yo'q deb uyalmasdan aytishdi. Bu ketishda kechirasiz-u vaziyatingiz ancha qiyin bo'ladi.
N2, N1 bo'lmasdan turib 1000$ oyliklarni orzu qilmang. Sizni ishga olganlarni qiynamang :)

3) Faqatgina til bilish, faqatgina diplom bilan hech narsa qilib bo'lmaydi. Siz qaysidir muammoni hal qilasiz va o'sha muammoni hal qilganingiz uchun sizga haq to'lanadi. Siz yaxshi maoshli ishga kirishingiz uchun qancha qiyin muammolarni hal qilsangiz shuncha sizga imkoniyatlar ochiladi. Qanday qilib muammolarni hal qilishni o'rganamiz? Tajriba bilan. Ish tajribasi, internship, valantyorlik, jamoaviy ishlash, loyiha va idealarni reallashtirish, start-uplar, hammasi aniq mehnat orqali sizga sekin sekin muammoni hal qilish kuchi shakllanib boradi. Aynan shu tajribalar sizni bozor narxingizni ko'taradi.

Asosiy savol: Yaponiya chet elliklarni chiqib ketishini xohlayaptimi?
Meni javobim aslo yo'q. To'g'ri har xil shu vaqtgacha tartibga solinmagan ishlar tartibga solinyapti. Lekin qaysi rivojlangan davlat o'z eshigini ochiq hamma narsani tayyor qilib qo'yibdi? Hech qayer.

Siz va biz Yaponiyada qandaydir maqsad bilan kelganmiz. O'sha maqsad yo'lida har xil qiyinchiliklar bo'ladi va bular hammasi shulardan bittasi.

Bugun Haydovchilik guvohnomasini almashtirishga bordim. Cho'ntagimda naqd pul 500 iyena yetmay turgan edi. Politsiya xodimi, 4 soat kutib turasiz deb qabul qilmayotgan edi, orqada turgan Yapon qarab turaolmasdan o'zi kelib meni to'lovimni to'lab tashladi. To'g'risini aytaman, juda xursand bo'ldim. Ayni shunday xenophobia alomatlari chiqib turgan joyda chet elliklarni qo'llab quvvatlaydigan Yaponlar ham qarab turgani yo'q. Ular ham bu o'zgarishlar o'z davlatining imijini yomonlashishidan xavotirda.

Shunday ekan ehtiroslarni chetga surib qo'ygan holda, o'z maqsadimiz sari qadamlarni tashlaymiz.
Xulosa, katta oylikni hech kim sizga tayyor qilib kutib turmaydi. Siz muammolarni hal qiladigan kadr bo'lib rivojlanib borasiz, yaxshi daromadli ishlar sizni qidirib topadi.

๐Ÿš€Telegram๐Ÿ“ท Instagram ๐Ÿ”ตFacebook

Comments

Be the first to add a comment