😀Yana 8* nafar o‘quvchi "Super finalchi" ga aylandi!

➗ Oldinroq xabar berganimizdek, yozda mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan "SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Bu haqida batafsil video-tushuntirish berganman: ➡️ t.me/khiso/4770

😇 Hozircha olimpiadalarimiz rasman Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida o‘tkazilmoqda. 2025-yildagi dastlabki 3 ta olimpiadadan keyin jami 26 ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 15 tasi Xorazm, 9 tasi Toshkent shahar va 2 tasi Buxoro viloyatidan. Hozircha Samarqanddan "super finalchi" aniqlanmadi.

🔄 Hozirda olimpiadalarimizni Jizzax va Navoiy viloyatida ham yo‘lga qo‘yishga yaqin turibmiz.

Boshqa hududlardan ham ishonchli, mas'uliyatli va olimpiadalar tashkil qilishda tajribasi bor hamkorlar bilan muzokaraga ochiqmiz.

🤩 Darvoqe yakshanbadagi oflayn olimpiadalarimizda jami 1054 nafar (oldingidan 71 taga ortiq) o‘quvchi ishtirok etdi. Ularning natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

❗️ Buxorodagi olimpiadamiz natijasi (490 ta): ➡️ t.me/khiso_bukhara/136

❗️ Samarqanddagi olimpiadamiz natijasi (93 ta): ➡️ t.me/khiso_samarkand/53

❗️ Toshkentdagi olimpiadamiz natijasi (225 ta): ➡️ t.me/khiso/4775

❗️ Xorazmdagi olimpiadamiz natijasi (246 ta): ➡️ t.me/khiso_khorezm/989

2 comments

Assalomu alaykum Kimyo fanidan olimpiada qachon bõladi
Guljahon Pirmatova
Assalomu alaykum.Yozgi maktabda qatnashish uchun necha marta olimpiadada qatnashish kk