💣 Aprel-may oylari yangiliklarga toʻla boʻladi!

Koʻpchilik yuqori sinf oʻquvchilari uchun nega kam olimpiada oʻtkazasizlar deb e’tiroz qilishardi, mana sizga olam-olam olimpiada😁
(Shu joyida xalq artisti Ergash Karimovning Paxtakor yutganida xalq shoiri Hamid Olimjonning she’rini oʻqigani esga tushdi)

1-yangiligimiz: Muhandislik boʻyicha yurtimizdagi eng ilgʻor universitet - Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga 15 yil toʻlishi munosabati bilan #turin_olimpiadasi tashkil etiladi. Shu shanba (13-aprel) kuni onlayn saralash bosqichi oʻtkaziladi. Batafsil: t.me/khiso/4538

2-yangiligimiz: Oʻzbekistondagi Yaponiya raqamli universiteti - Japan Digital University bilan hamkorlikda juda katta masshtabli olimpiada tashkil etyapmiz. Gʻoliblarni yaponiyaga sayohat, katta stipendiyalar, noutbuk va boshqa sovgʻalar kutmoqda. Batafsil: t.me/khiso/4533

3-yangiligimiz:Hokim olimpiadasi” taqdirlash marosimi va yangi mavsumi haqida bu hafta bilib olasiz, yana ozroq kuting:)

4-yangiligimiz: Bu oyda bir yoʻla 3 ta nashrdan chiqishi kutilmoqda. 1-4 sinf oʻquvchilari uchun “Mantiqiy matematika testlari-3”, 5-8 sinf oʻquvchilari uchun “Matematikadan olimpiada testlari-3” va Japan Digital University bilan hamkorlikda 9-11 sinf oʻquvchilariga moʻljallangan kitobimiz.

❗️ Faqat yuqori sinflarga emas, 14-aprelda 1-8 sinf oʻquvchilari uchun matematika fanidan bepul onlayn olimpiadamiz bor. Batafsil: t.me/khiso/4535

Nima ham derdik, bizni kuzatishda davom eting: ➡️ @bazarbaevs

22 comments

Show 12 more comments
Otaboyeva Nilufar
Assalomu alaykum Sardor Bazarboyev Viloyat hokimi olimpiadasi keyingi turi qachon bo'ladi? Kanalda e'lon qilinadimi?
Iltimos ingliz tilidan ham olimpiada otkazinglar 9 10 11 larga har safar otkazarmikansiz deyman Lekin faqat matematika VA fizikadan boladi. Hokim olimpiadasiga ham ingliz tilini qoshsa bolmaydimi
Ibragimov Otabek
Assalomu aleykum Hokim olimpiadasining 2 mavsumida 9-sinflarni qo'shsangizlar iltimos
RA'NO
Assalom aleykum Hokim olimpiaasida 9- sinflar qatnashadimi yoki yo'qmi?
Allahım, her hayırlı işte bana yardım et 🤲
Assalomu alaykum Hokim olimpiadasi biologiya fanidan qachon bo'ladi
Allahım, her hayırlı işte bana yardım et 🤲
Katta rahmat
Ibragimov Otabek
Assalomu aleykum hokim olimpiadasining bu galgi mavsumida 9-sinflar eshtirok eta oladimi
RA'NO
Assalom aleykum 17-mayda boladigan biologiya hokim olimpiadasida 9- sinflar qatnshadimi?