Oflayn olimpiada haqida qo‘shimcha ma'lumot!

Ertangi olimpiadada 3-4 sinf o‘quvchilari uchun Prezident maktablari imtihonining asosiy bosqichidagidek tanqidiy fikrlash va muammoli masalalardan 40 ta test beriladi. Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartida. Nafaqat savollar, balki javoblar varaqasi ham haqiqiy imtihondagidek bo‘ladi. Shu sababli o‘quvchilarimizdan o‘zlari bilan qalam olib kelishlarini iltimos qilamiz.

❗️Boshqa (1, 2, 5, 6, 7, 8) sinf o‘quvchilari uchun odatiy usulda olimpiada o‘tkaziladi.

Olimpiada natijalari o‘sha kunning o‘zida tekshirilib, taqdirlash ham shu kunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Olimpiada grafigi bilan tanishgan holda kelishingizni maslahat beramiz. Uzoqdan kelolmaydiganlar uchun khiso.uz saytimizda onlayn olimpiada (xuddi shu savollardan) o‘tkaziladi. Oflayn olimpiada - haqiqiy atmosferani his qilishni istaganlar uchun!

P.S: Yana ko‘p berilgan savollardan biri, SQB MATH OYMPIAD finali qachon bo‘ladi? Ko‘pchilik kelishiga imkon yaratish maqsadida 17-iyun (shanba) kuniga rejalashtirilmoqda.

11 comments

Show 1 more comment
SQB math ga kunni Nima ahamiyati bor ko'pchilikni kelishiga. 10, 3 iyun kunlari ham borku. O'zi aslida may oyining oxirgi yakshanbasida o'tkazilishi aytilgandi
Умида Абдукадировна!
Ассалому алайкум! Рус тилида х,ам саволлар бу'ладими ? Илтимос шуни инобатга олсангиз , ахир у'к,ув марказида рус тилида х,ам тайёланаётганларбор-ку
INSHAALLOH TALABA 2025
QACHON BÕLADI
Maҳбубахон Домлажоновна .
Ассалому алайкум. Кун тестида Республикада ўрин олиш учун май ойида неча балл йиғиш керак. Раҳмат
Умида Абдукадировна!
илтимос киламиз рус тилида хам утказингизлар
♡♡JamilA♡♡💖
Assalomu aleykum aniq manzilini va sanasi soatini ayting iltimos
Замирахон Исманалийва
Качон болади
Замирахон Исманалийва
Bugungi bo'ladigan imtixon onlayn soat nechida boladi