Darsni tugatib shogirdlarim bilan Jumaga chiqdik. Kun juda issiq edi. Ko'chada namoz o'qidik. Yonimizda o‘'rik sharbati sotuvchisi ham namoz tugagach savdosini boshladi. Ilhom degan shogirdim bilan sharbat olish uchun navbatga turdik. Shu payt 7 ta bolajonlar kelib sharbat omoqchi bo‘lishdi. Ular sotuvchidan sharbat narhini so'rashgandi, sotuvchi 3000 so‘mligini aytdi. Bu kichik xaridorlarni ajablantirdi, biroz oldi 2000dan olishganini aytib izoh talab qilishdi, ammo sotuvchi javob bermadi. Kuzatib sezdimki, bolalarning qo‘lidagi mablag‘ sharbat olishga yetmaydi. Bizning navbatimiz kelganda sotuvchining qo'liga 27000 so'm berib haligi bolajonlarga bepul quyib berishini aytdim. Sotuvchi bizdan so‘ng bolajonlarga birin-ketin sharbat quyib berishni boshladi. Ular hayron bo'lishib sotuvchiga pullari yetmasligini aytishdi. Sotuvchi bola esa puli to'langan ichaveringlar deb, menga ishora qilmoqchi edi, men kerak emas, bilishmasin deganday imlab qo'ydim. U ham darrov buni tushundi. Muhimi, bolajonlar bu ishdan sevinib ketishdi. Ko'zlaridan sezdim. Biz esa o'qishga qaytib ketdik. Yonimdagi shogirdim ham buni indamay kuzatib turdi, ishonamanki bundan bir ibrat oldi, aslida bu ishdan ko'zlagan maqsadimdan biri ham shu edi. Chunki, shu yoshga kirib ega bo'lgan muhim xulosalarimdan biri shuki, shogirdlari aytganlarimdan ko'ra, bajargan ishlarimga ko'proq ergashar ekan,
Buni yozishimdan maqsad, atrofingizga doimo e'tiborliroq bo'ling, balki siz uchun arzimas bo'lgan narsa, kimlar uchun bir olam quvonch, hayot-mamot maslasi bo'lib chiqar. Ularning xursandchiligi, qalbiga solgan xushnudligingiz uchun Alloh sizdan rozi bo'lar, balki qiyomatda shu amalingiz tufayli najot toparsiz. Hech bir yaxshi ishni, u hatto kichik bo'lsa ham arzimas sanamang. Allohninig himmati cheksiz. Qoida esa o'zgarmaydi, siz qancha berganingiz muhim emas, qanchangizni nima maqsadda berganingiz muhim. Menda hech qanday sir yo'q, faqatgina o'zimga xos hayotim bor, birovlarning xursandchiligiga ega bo'lishni xohlayman, shogirdlarimga ham shuni singdirishga harakat qilaman. Duolaringizga muhtojligim bor.
Rahmat sizga ustoz har bir postingiz biz uchun bir hayot ibratidek sz faqat shogirlaringizga bu narsalarni singdirib qolmay bizga ham bu yaxshi fazilatlaringizni sigdiryapsiz szdan alloh rozi bo‘lsin inshaalloh