Olimpiada savollari 20 dona, 5 ta variantli (A, B, C, D, E) ochiq test ko‘rinishida. Savollar 3 xil darajada, o‘zbek va rus tillarida. Variantlardan faqat bittasi to'g'ri!
Testlarning javobini avval qog‘ozga yozib so‘ng javob yuborish formasiga kiritishingiz mumkin.
Har bir savolning qiyinlik darajasi va muallifi keltirilgan. Iltimos, sizga yoqqan, o'zgacha tuyilgan 2-3 ta savolni muallifi bn belgilab qo'ying. Olimpiadadan keyin eng yaxshi savollar borasida so'rovnoma o'tkazish niyatidamiz.
1-darajali savollarga to‘g‘ri javob uchun 2 ball, noto‘g‘ri javob uchun -1 ball va belgilanmasa 0 ball beriladi; 2-darajali savollarga to‘g‘ri javob uchun 3 ball, noto‘g‘ri javob uchun -1 ball va belgilanmasa 0 ball beriladi; 3-darajali savollarga to‘g‘ri javob uchun 4 ball, noto‘g‘ri javob uchun -2 ball va belgilanmasa 0 ball beriladi. Agar siz masalani ishlolmasangiz va minus ball olishni istamasangiz o‘sha savolga javob belgilamasangiz ham bo‘ladi.
🕰Shuningdek, vaqtga ham qarab qo‘ying va javoblaringizni 21:00 gacha yuborib oling, sababi 21:00 dan keyin javob yubora olmaysiz.