⚡️«Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilidan:
✔️ oliy ta’lim muassasalari, texnikum va
kollejlarda,
sirtqi va
kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun
7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga byudjetdan
har yili 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi;
✔️ davlat oliy ta’lim muasssasalarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida
200 milliard so‘m ajratiladi;
✔️ xorijiy oliy ta’lim muassasalariga
bakalavriat uchun 50 nafar,
magistratura uchun 10 nafar xotin-qizlarga har yili
“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;
✔️ har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning
ta’lim kontraktlari mahalliy budjetdan to‘lab beriladi;
✔️ mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan
500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
✔️ davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy ta’lim muassasasi
doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida
300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.
👉 @bazarbaevs