Men Yaponiyada ishlab yurgan vaqtlarim o’y xayollarim shu kompaniya atrofida aykanar edi. Dushanbadan Jumagach, ertalabdan kechgacha hamkasblar bilan vaqt o’tkazardim va menimcha shu sabab jamiyat shu kompaniyadan tashkil topgan deb o’ylar edim.
Bo’limimizda 70 ga yaqinlashib qolgan Odawara xonim, juda qattiq qo’l edi. Necha marta xojatxonaga borishdan boshlab, telefonni nechanchi jarangda ko’targangacha e’tibor berar va sal ne to bo’lsa boshliqqa ustimdam arz qilar edi. Yangi uylangan bo’lishimga qaramay uyda vaqt o’tkazishdan ko’ra ishxonadagi vaqt uzun bo’lar edi.
Mana o’sha zamonlar ham ortda qoldi. Hozir ortga qarab xulosa qiladigan bo’lsam, hammasi bekorga bo’lmagan ekan. Ba’zida siz ma’nosiz degan narsalarga amal qilish, chidash kerak bo’ladi. Bu sizni keyingi darajaga olib chiqadi.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook