Ayni vaqtda sizda:
-Pul
-Bilim
-Network (Insoniy aloqalar)
-No moddiy boyliklar
Kam bo'lishi mumkin.

Lekin sizda hozir eng ko'p narsa bu sizning VAQTINGIZ.
Chunki ayni hozir umringizning eng uzoq nuqtasida turibsiz va bu vaqt soniya sayin kamayib boraveradi.
Lekin shund ham sizing eng katta boyligingiz bu sizning VAQTINGIZ.

VAQT ni to'g'ri boshqagan kishi dunyoni boshqaradi.

Xo'sh siz eng qadrli boyligingiz bo'lgan vaqtni kundalik nimalarga ishatyapsiz?
Hammaning ham siz kabi 24 soat vaqti bor.
Lekin ba'zi kishlar juda ko'p narsaga ulguradi, ba'zilar esa yo'q.

Mening sizga vaqtni boshqarish haqidagi qisqa maslahatim:
- Uyqu bir kunda 7 soatdan ko'p kerak emas. 18-25 yoshlar orasida 5-6 soat ham juda yetadi.
- Kechasi erta uxlab, ertalab erta turish. Ertalab hamma uxlaganda siz juda ko'p ishga ulgurasiz. Kechasi sizni e'tiboringizni tortadigan narsalar juda ko'p. Shuning uchun kechasi tezroq uxlash afzal.
- Eski tanish, sinfdosh, kursdosh, hamkasblar bilan samarali vaqt o'tkazish. Siz ulardan oladigan narsalaringizni allaqachon olgansiz.
- Ish vaqtini faqat ish emas, siz o'zingiz uchun o'sish vaqtiga aylantirishingiz kerak. Ishdan siz nimadir olishingiz, bilimlaringiz oshishi kerak. Faqat ishlab vaqt o'tkazib ishdan tezroq qochish kerak yoki ishni jarayonini o'zgartirib, bilim ham olish kerak.
- Sport bilan shug'llanish. Chunki jismoniy harakat, miyyani tez ishlashiga katta yordam beradi.

ζ™‚ι–“γ‚’εˆΆγ™γ‚‹θ€…γ―δΈ–η•Œγ‚’εˆΆγ™γ‚‹οΌ

πŸš€TelegramπŸ“· Instagram πŸ”΅Facebook

Comments

Be the first to add a comment