🤩 Bu yakshanbani ham foydali o‘tkaz!
📌 Oldin xabar berganimizdek,
9-sentabr kuni
25 nafar o‘quvchi va ularning ota-onalari
Copernicus xalqaro olimpiadasi final bosqichi uchun
Nyu-York shahriga yo‘l olishdi.
✨Yurtimizda oʻquvchilar orasida Copernicus xalqaro olimpiadasiga boʻlgan qiziqishni yuqori ekanligini hisobga olib, barcha oʻquvchilar uchun
KHISO olimpiadasi jamoasi maxsus imkoniyat taqdim etmoqda!
🗓14-sentabr kuni, soat
09:00 dan
21:00 gacha
khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bepul onlayn
KHISO olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Bu olimpiadada bevosita
Copernicus olimpiadasi final bosqichida ishlatilgan savollardan foydalaniladi!
✔️Ushbu olimpiada
onlayn tarzda bilimini sinovdan oʻtkazmoqchi boʻlgan oʻquvchilar uchun tashkil etilmoqda
(natijalar final olimpiadasi doirasida hisobga olinmaydi, shunchaki o‘quvchilar o‘zini sinab ko‘rish uchun o‘tkazilmoqda).🔣Qatnashish: khiso.uz💡Platformadan foydalanish bo‘yicha
yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.
🔝 Matematika faniga qiziqadigan va xalqaro olimpiadalarda qatnashishni istagan barcha tanishlaringizga bu xabarni ulashing!