​​Abituriyent oliy harbiy ta’lim muassasasiga talabalikka tavsiya etilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda bir abituriyentning javoblar varaqasi ilova qilingan holda, 206.4 ball bilan ham talabalikka tavsiya etilmagan degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.

Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, mazkur abituriyent Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga topshirib, “Bojxona ishi” ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan. Shuning uchun ushbu abituriyent davlat oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmagan va talabalikka tavsiya etilmagan.

Hozirda abituriyentlarning shaxsiy kabinetlarida aks etayotgan ma’lumotlar davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rinli bo‘lib, oliy harbiy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilganlik bo‘yicha ma’lumotlar ko‘rsatilmagan, chunki oliy harbiy ta’lim muassasalari uchun tanlovni Davlat test markazi amalga oshirmaydi.

Qo‘shimcha sifatida shuni ma’lum qilamizki, 189 yoki undan yuqori ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilmagan holatlar mavjud emas.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Comments

Be the first to add a comment