⚡️Jizzaxlik g‘olibimiz vaucheridan foydalandi!
Xabar berganimizdek,
"Toshkent olimpiadasi" ning final bosqichi g‘oliblariga mos ravishda 900.000, 500.000 va 300.000 so‘mlik vaucherlar berilgan edi.
Vaucher - bu bizning istalgan loyihamizda foydalanish mumkin bo‘lgan pul mukofoti.
Jizzax shahridagi 3-sonli umumta'lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Oxunov Mashxurbek ham poytaxtda o‘tkazilgan olimpiadaning finalida 500.000 so‘mlik vaucher va
🥈 medal sohibi bo‘lgan edi.
Mashxurbek yutib olgan pul mukofotini
KUNTESTI mobil ilovamiz va
www.khiso.uz onlayn olimpiadalar platforamimizda ishlatishga qaror qildi.
Uning keyingi o‘qishlarida ham muvaffaqiyat tilab qolamiz.