⚡️ Al-Xorazmiy olimpiadasining viloyat bosqichi qachon o‘tkaziladi?

Umumta'lim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari uchun matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan Al-Xorazmiy olimpiadasining viloyat bosqichi 2022-yil 26-mart kuni hududlarda bir kun davomida oʻtkaziladi.

Barcha hududlarda olimpiada jarayonlari aynan bir vaqtda soat 10:00 da boshlanadi.

▫️ 2021-yil dekabr oyida oʻtkazilgan Al-Xorazmiy olimpiasining tuman bosqichda 1 – 3-oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli ta’lim muassasalarining 3 nafardan 7 – 8-sinf oʻquvchilari ushbu bosqichda ishtirok etishlari mumkin.

▪️Har bir fandan 7 – 8-sinf oʻquvchilariga bir xil topshiriqlar beriladi va gʻoliblar ham sinflarga ajratilmagan holda aniqlanadi.

▫️ Viloyat bosqichida umumiy natijalarga koʻra, yuqori ballarni qoʻlga kiritgan dastlabki 3 nafar oʻquvchi (1 – 3-oʻrin) olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.

▫️Olimpiadaning viloyat bosqichi test sinovi shaklida oʻtkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi:

🔶 Test topshiriqlarining dastlabki 10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test boʻlib, har bir toʻgʻri javob 0,9 ball bilan baholanadi;
🔷 Keyingi 10 tasi oʻrta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javob variantlaridan tanlanadi) test boʻib, har bir toʻgʻri javob 1,5 ball bilan baholanadi;
🔶 Yakuniy 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) test boʻlib, har bir toʻgʻri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50).

🟢 Test topshiriqlarini bajarish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt ajratiladi.

❗️Al-Xorazmiy olimpiadasining respublika bosqichi ikki turdan iborat test hamda yozma ish koʻrinishida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

👉🏻 @bazarbaevs

7 comments

Кичик синфларга йукми?
Assalomu alaykum rahmatullohu va barokatuh Ulugʻbek izdoshlari finaliga yoʻllanma olganlarni roʻyxatini eʼlon qilinadimi
3 -4-sinflarga yòi olimpiada
Assalomu alaykum Uluğbek izdoshlari olimpiadasi finaliga õtganlarning rõyxati qachon elon qilinadi???
Man farg'ona shaxridagi prezident maktabida o'qiyman 1-bosqichiga qatnashmagandik 2-bosqichiga qatnashsam buladimi?
DALER⚽🏆👑🎧📓💲🔥
Man viloyatga chiqqanman
DALER⚽🏆👑🎧📓💲🔥
Iltimos qo'llab yuboringlar