Mosh, no'xat va loviya yurak xastaliklaridan asraydi…
Olimlarning izlanishlari dukkakli o'simliklar mevasi, ya'ni, mosh, loviya, no'xatni doimiy tarzda me'yorida iste'mol qilish insonlarni yurak xastaliklari xavfidan asrashini aniqlab berdi. Bundan tashqari, yuqorida nomlari sanab o'tilgan mahsulotlar gipertoniyadan ham asrashi ma'lum bo'ldi. Buning sababi shuki, dukkakli o'simliklar mevasi tarkibida inson organizmi uchun foydali vitaminlar, jumladan, oqsillar ko'pchilikni tashkil etadi. Ularning tarkibida yog' juda kam, xolesterin umuman yo'q. Qondagi qand miqdori sakrab ketishiga yo'l qo'ymaydi. Yana ular ichak shamollashi, qandli diabet xavfini ma'lum foizga kamaytirib turadi. Buning uchun haftasiga ikki-uch marta moshli, loviyali va no'xatli taom iste'mol qilib turilsa bas.
Salomat bo'ling!!!
Kanalimiz manzil
🔻🔻🔻🔻🔻🔻@Biology_prof@Biology_prof