“Hokim olimpiadasi”ning navbatdagi kashfiyotlari!

2-12 dekabr kunlari Ruminiya davlatida 21-xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO) o‘tkazildi. Unda 52 davlatdan 303 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Quvonarlisi, 3 nafar hamyurtimiz bronza medallarni qo‘lga kiritishdi. Shulardan 2 nafari "Hokim olimpiadasi" kashfiyotlari hisoblangan oʻquvchilardir:

🥉 Bronza medal -  Farhodov Oybek Faxriddin o‘g‘li - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;

🥉 Bronza medal - Sheripboyeva Bonu Ermat qizi - Xorazm viloyati, Urganch shahar, 1-son IMI 9-sinf o‘quvchisi;

🌟 Eslatib oʻtamiz, "Hokim olimpiadasi" - Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsum g‘oliblari shaxsan viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘a - noutbuklar bilan taqdirlandi.

Olimpiadalar haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga ulanish ➡️ @khiso_khorezm

Comments

Be the first to add a comment