"Real" yarim himoyachisi Toni Kroosning xizmatlariga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Kroosning "Qirollik" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil 30 iyunda tugaydi va yarim himoyachi hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq, Kroos "Manchester Siti" va "Bavariya"ga o'tishni rad etgan edi.