😀 "HOKIM KUBOGI-2025" 1-mart kuni o‘tkaziladi!

😃 Xabaringiz bor, Xorazmdagi barcha tuman va shaharlarda "Viloyat hokimi olimpiadasi" o‘tkazildi. Ularning g‘oliblari bilan birgalikda 2024-2025 o‘quv yilida hozirga qadar o‘tkazilgan #khiso_olimpiadasi g‘oliblari "chempionlar chempioni"ni aniqlash uchun "HOKIM KUBOGI-2025" da ishtirok etishadi. Hozircha 52 nafar o‘quvchi aynan #khiso_olimpiadasi orqali yo‘llanma oldi.

➗ Navbatdagi #khiso_olimpiadasi esa 23-fevralda o‘tkaziladi. Unda g‘olib bo‘lgan 5-6-7-8 sinf oʻquvchilari ham "Hokim kubogi"da qatnashish yoʻllanmasini olishadi. Shuningdek, talablardan kelib chiqib 7-8 sinf o‘quvchilari uchun biologiya, kimyo va fizika fanlaridan "Qo‘shimcha imkoniyat" olimpiadasi o‘tkaziladi. Uning g‘oliblari ham o‘z fanidan "HOKIM KUBOGI-2025" ga yo‘llanma olishadi.

➕ Matematika bo‘yicha #khiso_olimpiadasi: ➡️ t.me/khiso_khorezm/1000

✖️ Biologiya, kimyo va fizika bo‘yicha "Qo‘shimcha imkoniyat" olimpiadasi: ➡️ t.me/khiso_khorezm/1001

Bu oxirgi imkoniyat ekanligini unutmang. Zero, "HOKIM KUBOGI" 1-mart kuni o‘tkaziladi.

5 comments

Assalomu alaykum qoʻshimcha saralashda har bir fan va sinfdan 3 ta oʻrin oʻtadimi yoki 1 tami
Assalomu aleykum
Hokim olimpiadasining 2-faslida o'rin olganlar ham qatnasha oladimi
Masalan 6sinf payti o'rin olib hozir 7 sinf bo'lsa
Axir 23fevralda tasimo olimpiadasi borku khisoga borolmay qolamiz
Iltimos javob beringlar
Assalomu alaykum.Hokim kubogida 2 ta fandan qatnashadiganlar nima qiladi yoki 2xil vaqtda bo'ladimi?