Anchadan beri safarga chiqmas edim. Ammo, shu oyda ko'p safarga chiqishga to'g'ri kelmoqda. Oxirgi olgan xulosalarimdan biri shuki, inson sayohatga chiqib turishi kerak ekan. Buni bir nechta foydali tomonlarini o'zimga kashf qildim, Aslida bularni barchasi Sunnatda kelgan, ammo esdan chiqarganmiz:
1. Inson o'zi bilan hisoblashib olishi uchun ko'proq vaqti bo'lar ekan. Yo'lda ketar ekansiz, o'zingizni taftish qiilishga yetarli vaqt bo'ladi.
2. Har safardan so'ng ko'p taassurotlar bilan qaytish: shukr va fikr qilish orqali manaviy ozuqa olish.
3. Voridlik lazzati
4. Musofirlikdagi barakali hayot va duoning ijobati
5. Yaqinlaringizni qadrini yanada ko'proq sezish
6. Solih insonlar suhbati
7. Doimiy hayot tarzidan chetlanish
8. Dunyoga bo'lgan hirsdan poklanish
9. Ulug'lar ziyorati

Allohim bizni o'zing isloh qilgin, o'z rahmatingdan noumid qilma....

1 comment

Azizaxon Nasriddinova
Biz ham borayliiik)