Assalomu alaykum hammaga!2021-2022-yilgi Yosh kimyogarlar olimpiadasining 1-bosqichiga kreativ, fikrlashga undaydigan va o‘zgacha testlar bilan o‘z hissangizni qo‘shishni istaysizmi? Biz eng ajoyib, nostandart va yodlashga asoslanmagan test tuzuvchilarni qidirmoqdamiz. Agar sizda ham shunday qobilyat bo‘lsa va bilimingizni ko‘pchilik bilan bo‘lishmoqchi bo‘lsangiz 01.12.2021 gacha
@ykouz_bot manziliga o‘z testlaringizni to‘g‘ri javoblari bilan yuboring. Testlar qaysi sinf uchunligiga qarab ajratib ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Testlar Office Word dasturida, Times New Roman shrifti, 12 kegl o‘lchamda yozilgan bo‘lishi so‘raladi. Barcha tuzuvchilar ism-sharifi, viloyati, tumani va ish yoki o‘qish joyini to‘liq, to‘g‘ri yozishi kerak.
Testlar qaysi sinf va kurslar uchunligiga qarab saralab olinganlari 1-bosqichda beriladi va mualliflar ko‘rsatib o‘tiladi.
Namunaviy savollar
👉 bu yerdaBilimingizni bo‘lishing va kimningdir yangi narsa o‘rganishiga sababchi bo‘ling.