🇺🇿Davlat qilich bilan quriladi, lekin qalam bilan rivojlantiriladi!
Shu sababdan bugun faqat harbiy xizmatchilarning emas, vatanimiz ravnaqi uchun mehnat qilayotgan har bir yigitning bayrami desak xato bo‘lmaydi.
Shunday ekan, har bir yuragida vatan sevgisi bo‘lgan aka-ukalarimni bugungi bayram bilan tabriklayman. Har birimiz o‘z sohamizda chin dildan vatanimiz, xalqimiz uchun mehnat qilsak rivojlanishimiz barqaror bo‘ladi. Bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas.
Quyida sizlarga bir she'rni (aniqrog‘i qo‘shiq matni) keltiramanki, ba'zida hammasiga qo‘l siltab ketaman deganimda, shu qo‘shiq vatanimiz uchun qiladigan ishlarimiz ko‘pligini bildiradi.
Jahonda men tug‘ilgan o‘lkadek hech bir diyor bo‘lmas, Bu yanglig‘ bog‘-u gulshan, ham bu yanglig‘ gul-u zor bo‘lmas. Vatandan sevmakdan ortiq menga olamda shior bo‘lmas, Vatanni sevmagan insondan jahonda baxtiyor bo‘lmas. Vatan sevmak shiorimdir, menga o‘zga shior bo‘lmas!
Zuloli ta’mini topmam sira bolu shakarlarda. Vatan yodi erur qalbimda bo’lsam men safarlarda, Jamoliga to’yolmasman kezib qishloq, shaharlarda, Qizil gul bargida bulbul kabi sayrab saharlarda, Yana shoir qilur takror, Vatandin yaxshi yor bo’lmas.
To’yib boqgil bu yurt husnigakim, ko’nglingni chog’ etgin, Bu elning o’g’liman, deb qil g’urur, ko’ksingni tog’ etgin. Vatan har zarra tuprog’in ko’zingga sen qarog’ etgin, Bobolar maskan etgan bu aziz tuproqni bog’ etgin, Yarashgay iftixor etsangki, ortiq iftixor bo’lmas.
Vatan ishqida yongan qalb, bilingki, asti xor bo’lmas, Vatan sevgan murodiga yetur, hech dilda zor bo’lmas.
(Adashmasam Erkin Vohidovning 1968-yil qozoq shoiri Jumakent Najmiddinov g’azaliga muhammasi)
Cheksiz hurmat bilan "MARD O‘GLON" davlat mukofoti sohibi Bozorboyev Sardor!