🏆 1 kunda — ham taqdirlash marosimi ham siz uchun juda foydali suhbat!📆 13-iyul kuni, soat 10:00 da,
Toshkent shahrida joylashgan
KHISO maktabida bir vaqtning o‘zida 3 ta nufuzli olimpiadaning taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi:
🏅 Copernicus xalqaro olimpiadasi (18-may)
🏅 KHISO olimpiadasi (18-may)
🏅 Arximed xalqaro olimpiadasi (15-iyun)
🎙 Shuningdek, Italiya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari va universitetlarida faoliyat yuritgan ustozimiz, fizika-matematika fanlari doktori
Karim Rahimov va matematika bo‘yicha xalqaro nufuzli olimpiadalar g‘olibi,
KHISO maktabi asoschisi
Sardor Bozorboyev ishtirokida
“Muvaffaqiyatli bo‘lishda matematikaning o‘rni” mavzusida juda qiziqarli suhbat ham tashkil etiladi.
📌 Tadbirga tashrif buyuradigan o‘quvchilar medal va sertifikatlar bilan bir qatorda, kelgusida ham ilm yoʻlida ham katta hayotda ulkan yutuqlarga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va maslahatlar olishadi. Suhbatda faol qatnashgan o‘quvchilarga mualliflar dastxati tushirilgan kitoblar sovg‘a qilinadi. ⚡️Ota-onalar va oʻquvchilar uchun birdek foydali suhbat boʻladi!📍 LOKATSIYA: ➡️ KHISO MAKTABI❗️ Yuqoridagi olimpiadalarda hududlardan g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga medallari yangi haftada yetkaziladi.