This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oilamizda yana 3 nafar yangi “chaqaloq”. Bu safar 3 nafar egizak🙂

Bilasizmi, jamoamizning har bir loyihasini farzandlarimiz deb nomlayman. Shukrki, har bir loyihamizni siz azizlar qoʻllab kelmodasiz. Sizning fikrlaringiz bilan keyingi qadamlarimiz yanada shaxdamroq chiqmoqda, tashakkur!

Bizning shu vaqtga qadar nashr qilgan kitoblarimiz asosan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihonlari va Al Xorazmiy maktabi imtihonlari uchun moʻljallangan edi. Ota-onalarning talablaridan kelib chiqib, criticial thinking (tanqidiy fikrlash) va problem solving (muommali masalalar yechish) yoʻnalishida 3 ta kitobdan iborat toʻplam tayyorladik. Toʻplamning afzalliklari:

🔴 1200 ta ayni standardagi savollar, shundan 720 ta problem solving, 480 ta criticial thinking yoʻnalishadi;

🟢 Barcha testlar bir necha bor tahrirdan oʻtgan, rasmlari yuqori sifatda qayta chizilgan;

🟠 Barcha testlar maxsus video tahlili tayyorlangan va QR kod bilan kitob soʻngida keltirilgan.

🔵Kitobning hammualliflari soʻnggi 3 yilda Toshkent shahrida eng koʻp oʻquvchilari Prezident maktabiga kirishga muvaffaq boʻlgan professional ustozlar;

Albatta, ushbu qisqa videodagi kitob “signal variant”. Oʻzimizning tilda aytsak “qoralama” (chernovik) varianti. Ya’ni haqiqiy nashrdan shu hafta chiqadi.

🏪 Yangi toʻplam nashrdan chiqqunga qadar, oldingi kitoblarimiz bilan tanishib tursangiz boʻladi: ➡️ https://t.me/khiso/4254

🤲 Duo qilib qoʻyasiz degan umiddamiz!

5 comments

ассалом алайкум. китобларизни каердан сотиб олсак булади?
Assalomu aleykum kitoblarni narxi qancha qayerdan olsak bo'ladi
Қуаныш Муратбаев
Assalomu aleykum.Kitob mualliflarining ijodiga omad.Duo qilamiz. Alloh rozi bulsin.
Kitoblar narxi va xarid qilish joyini aytsangiz
Gʻayrat Boyjonov
Assalomu alaykum zoʻr yangilik zoʻr.
Sharqiya Soliyeva
Assalomu alaykum kitoblarizni qaysi manzildan olsa bo'ladi?