Ijtimoiy ahamiyati jihatidan global miqyosda katta rezonans uyg‘otgan, o‘nlab tillarga tarjima qilinib, hatto ayrim davlatlarda qonun loyihalari muhokamalarigacha kirib borgan Behalovat avlod – endi “Yangi kitob” shou-taqdimotida!

“Yangi kitob” loyihasi va O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu tadbir oddiy kitob taqdimoti bo‘lmaydi. Tashkilotchilar uni misli ko‘rilmagan kitob shou sifatida taqdim etmoqda.

Bu tadbirning muhitini eshitib emas, kelib ko‘rib his qilish kerak.
Agar avvalgi tadbirlarimizga kela olmagan bo‘lsangiz — bu safar imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Ro‘yxatdan o‘ting, keling, ko‘ring.
Yaxshi yangilik: bu safar “Behalovat avlod” uchun ham chegirma bo‘ladi.

Tadbirda yana boshqa kitoblar taqdimotlari ham rejalashtirilgan.

Kitob haqida suhbat, muhokama va yangi taassurotlar sizni kutmoqda.

• Sana: 14-may
• Vaqt: 17:00
• Manzil: Yoshlar ijod saroyi

👇 Taqdimotga roʻyxatdan oʻtib, taklifnoma olish uchun:
@yangikitobbot

Comments

Be the first to add a comment