Farzandining kelajagi uchun jonkuyar ota-onalar uchun!
Faqat gʻoliblar emas, ishtirokchilarning ham qandaydir motivatsiyasi boʻlishi kerak. Chunki, eng oliy maqsadimiz har bir olimpiadadan keyin oʻquvchilarda yanada koʻp bilim olishga ishtiyoq oshib borishi.
Hozircha menga bir nechta fikrlar keldi. Bularni siz bilan boʻlishaman. Qoʻshimcha takliflar boʻlsa albatta amaliyotga tadbiq qilamiz.
1) Oʻquvchilarning umumiy ballari yigʻilib borishi va keyinchalik qandaydir bonuslarga almashtirish. Masalan ballari (bu raqam oʻzgarishi mumkin) 1000 ga yetsa 100.000 soʻmlik kitobga almashtirishi yoki 500 ga yetsa olimpiadada bepul ishtirok etishi;
2) Ballari 500, 1000, 2000 lik dovonlarga yetganda daraja berish. Internetda ommalashgan oʻyinlarda shunday darajalar berilar ekan. Bu bolalarda qiziqish uygʻotishi tabiiy. Masalan 500 ballga yetsa “Mirzo Ulugʻbek” darajasi, 1000 balga yetsa “Al Beruniy” darajasi, 2000 ballga yetsa “Al Xorazmiy” darajasi. Darajalarga qoʻshib 🎖️koʻkrak nishon va guvohnomasini berish.
3) Umumiy ballarga koʻra choraklik yoki oʻquv yili boʻyicha gʻoliblarni alohida taqdirlash.
Sizga qaysi gʻoyalar yoqdi yoki sizda qanday takliflar bor? Iltimos, faol boʻling. Zero, bularning barchasi aziz farzandlarimiz uchun!
Assalomu alaykum olimpiada tashkilotchilari sizlarga katta raxmat ,men barcha fikrlaringizga qòshilomon .Savolim bor edi sertifikat olgan òquvchilarni xam taqdirlashga olib borsak bòladi
Дилфуза Туйчиева
Ассалому алайкум. Барча фикрлар кушиламан лекин менга балларни китобга алмайтириш фикри купрок ёкди. Болаларни янаям уз устида шугулланиши учун имконият булади
Ассалому алайкум. Зур фикр булибди. Менимча укувчилар чораклик такдирлаб борилса бу уларнинг мактабдаги укишига тасири ижобий булади. Даражалар берилиши эса уларни укиш билан, илм олиш билан юксалиб боришлигини англатиш учун туртки булар эди. Буни амалиётга тадбик этиш жуда зарур.
Xa fikringizga 100 foyiz qòshilaman .Tunda inson ongida aniq - tiniq fikirlar shakillanadi .etibor ,raĝbat ,raqobat bor joyda òsish ,intilish rivojlanish daqiqalarda bòy jòzib ,rivojlanib boradi . Bilsak agar : etibor raĝbat tanolishlik bu qòpol qilib aytgandà bolani xaqqi ,masalan ishchi qilgan mexnatiga loyiq ish xaqi olgandek .Bolani kelajakka bòlgan ishonchi ortadi, men 3 sinf òquvchìsi Mamirjonovani buvasiman .Nevaram nima dedi bilasizmi ,buvajon men nega Xorazimda Urganchda tuĝilmadimaaa , bu sozni magizini siz xam bir chaqib kòring .Men nevarami oflayin olim piadalarga yetkazib olib borolmayatganimdan .................? Sizlarga faqat: soĝlik xotirjamlik ,omad , baraka dengizida xamisha suzib yurishlaringni olloxdan sorayman .Ilimli inson xech qacho xor bòlmaydì ,omin olloxu akibar
Assalomu-alaykum. Hamma fikrlaringiz o'rinli. Bolalarimizga yanada motivatsiyani kuchaytiradi.
Niyozgul Yusupova
Biz ota onalar bu fikringizga qoʻshilamiz.Bolalar bundan mativatsiya oladi.Yanada yuqoriroq pogʻonaga erishishga boʻlgan ishtiyoqi oshadi.Biz sizni doimo qoʻllab-quvvatlaymiz!!!
Адаева Гулмира
Ассалом алейкум фикрингизга кошиламиз.аввлги олимпиядаларда кизим 18,2болл иккинчи олимпиядада 28,6 бол олиб келганди.бу сафар кизимни олиб борулмадим афсус😔индиги сафар албатта олиб боришга харакат киламан.
Sizlarga faqat: soĝlik xotirjamlik ,omad , baraka dengizida xamisha suzib yurishlaringni olloxdan sorayman .Ilimli inson xech qacho xor bòlmaydì ,omin olloxu akibar