Bundan 2 haftacha oldin, Toshkentda ob-havo normal holatdan birdaniga òzgarib qattiq yomģir yoģib qoldi. Aniqroģi mayda dòl yoģa boshladi. Òģlim Muhammad Sòdiq bilan uyda edik. Uni darrov chaqirib mashinaga chiqdik. U qayerga ketayapganimjzni sòradi. Yòlda tushuntirib beraman deb shoshilib mashinaga òtirdik.
Uyimiz oldida "Detiskaya bolnitsa" va tuģruqxona bor. Tòģri òsha yerga haydadim. Yò'l-yòlakay òģlim bilan suhbatim quyidagidek davom etdi:

-Bilasanmi nega yòlga chiqdik?

- yòq.

- yomģirni kòrding, tòsatdan yoģib qoldi. Kòchaga chiqqanlar yomģir yoģishini bilmay chiqishgan. Kòchada qolib xòl bòlib ketishligi mumkin. Bu payt taksi ham juda kam bòladi. Shuning uchun biz bu holda uyda hotirjam òtìrishimiz tòģri bòlmaydi.

- biz hozir odamlarni uyiga olib borib qòyamizmi?

- albatta.

Shamol qattiq esib yomģir juda tez yoģayapti. Boyagi bolalar kasalxonasi oldidagi avtobus bekatiga keldik. Qarasak bìr ayol tahminan 1 yoshli bolasini qattiq quchoqlab olib turibdi. Uni oldiga tòxtab

- òtiring, oborib qòyman.

- ammo yonimda ortiqcha pul yòq edida...

- qiziqmisiz, qabaqa pul, òtiring bola shamollab qolmasin...

- rahmat aka....

Shtabda turar ekanlar 5 minutda oborib qòydik. Kòchani boshida tushib qolmochi edi, ammo eshigini tagigacha borishga kòndirdik.

Juda kòp rahmatlar aytib tushib ketdilar.

Yomģir yanada kuchaydi.
Kòchani boshiga chiqishimiz bilan 2 ta bola taksi tòxtatyapti, ammo ularga tòxtamay òtib ketdim. Òģlim

- ada, nega bularga tòxtamadingiz, ular ham yomģirda qolib ketganku?

- anavilarni kòrayapsanmi, ikki yoshi kattaroq ayollar bir dòkonning tomi tegiga turib olgan, kiyimlari xòl bòlib ketgan, òshalarni olamiz.

-nega?

-xozirgi tòxtayotgalar birinchidan erkak kishi, ikkinchida yonida puli bor, taksi tòxtayapti, uchinchidan hali yoshi katta emas... ular bemalol yetib olishadi, ammo haligi ayollar birinchidan ojiza, ikkinchidan taksi tòxtatmayapganidan bilsak ham bòladi yonida balki ortiqcha puli yoqdir...

Hali ikki ayol kishilar oldida tòxtadik. Oyanani ochib

- assalomu alaykum, òtiringlar oborib qòyamiz

- rahmat ukam, ammo ustimiz xòl, mashinangizni xòl qilib qòyamiz....

-odamdan shu matoh afzalmi, tezroq òtiringlar, deb eshikni ochib berdim.
Òtirishdi, 10 minutda yetib oldik,

- uka, bizni uyimizgacha olib kirib qòyasizmi?

-albatra, faqat bitta shartim bor.

- qanaqa?

- pul bermaysizlar, faqat duo qilib qòyasizlar..

- unday qilmang, biz, hojolat bolamiz, ammo sizga bir gap aytay xudoni òzi sizni bizga jonatdi, yonimizda pul qolmagan edi.... Alloh rozi bolsin deb uzundan-uzun duo qilib tushib ketishdi.

Shu tariqa yomģir tingunicha yana 2 kishini òz manziligi yetkazib qòydik. 1 soatga yaqin vaqtimiz ketdi.
Òģlimni kòzi qilgan ishidan fahrlanish va xursandchilik kòrardim. Qaytishda unga nasixat qildim

- òģlim, bir narsani esdan chiqarma, Payģambarimizdan bir hadis kelgan, «Kimda kim qo‘shnisi och bo‘lgan holda o‘zi to‘q bo‘lib tong orttirsa, iymoni mukammal emas». Agar odamlarga yordaming tegishni bilsang, darrov shu ishga kirish.
Aslo kechiktirma, shunda jannatda juda boy bòlasan, kòp qasring boladi, eng muhimi payģambarimizga qoshni bòlasan.

Muhammad Sodiq esa meni indamay eshitib ketar edi...

- Bugungi qilgan ishimiz doim esingda qolsin. Odamlarga hech qanday manfaatlarsiz yordam berganingdagina atrofingda samimiy odamlar paydo bòladi, Alloh ham rozi bòladi....

14 comments

Show 4 more comments
Rahmat, rosa taʼsirlanib oʻqidim. Juda foydali boʻlibdi.
MashaAlloh. Ustoz sizdan rosa foydali narsalarni organyabmiz. Alloh rozi bòlsin. Jannat bilan siylasin.
Zulxumor Ilhomboyeva
Ёшлар учун керакли хикоя бундан у́зларига керакли зулосаларни чикарамиз. Савобли иш килувчилар каторида юришлик насиб этсин Ин Шаа Аллох. Аминь 🙌🙌🙌🙌
Aka gap yuq kanalizni Muhammad Ali akamni kanalida kurib kirdim juda tasirlandim smbizlarni ham shogirtlarizdan qilsin
Mashaalloh.Mana Ibrohim vafoti oldidan qilingan duoning ijobati.Payg‘ambarimiz s.a.vning ey Javroil duo qiling meni o‘g‘limni o‘rniga ummatimni ichidan o‘g‘limdan ham yaxshilar chiqsin.Degan edilar.Mana shu ummatning solih farzandi.Jazakallohu hayron.Olloh ilmingizni ziyoda qilsin.
Dilshod Muhamedjanov
Alloh rozi bo'lsin
Mashaalloh 😢😢😢
Ustoz Mahtumqulini gapi bor ta'lim bergan ustozingdan ayrilma degan . Ajoyib voqia bo'libdi. Ochig'i xursand bo'lim Umriz uzoq bo'lsin. Olloh yor bo'lsin.
shunaqa insonlaram borakan hali ham