Akademik litsey pedagoglari oʻquv yuklamasi, oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarini belgilash qoidalari yangilanadi

Muhokamalar portaliga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Akademik litsey pedagog xodimlari ish faoliyatining vaqt meʼyorlari: oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash tоʼgʻrisida”gi buyrugʻi loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra pedagog xodimlarning oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-pedagogik ishlariga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt bоʼyicha hisobi yuritilmaydi.

Mazkur Qoidalardan “Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseylar hamda Ichki ishlar vazirligi tizimidagi akademik litseylar ham foydalanishlari mumkin.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy

Comments

Be the first to add a comment