Super finalchilar.pdf
254.3 KB
😀 Super finalchilar soni 87* taga yetdi!

➗ Oldinroq xabar berganimizdek, yozda mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan "SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Bu haqida batafsil video-tushuntirish berganman.

😇 Hozircha olimpiadalarimiz rasman Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xoraz, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilmoqda. 2025-yildagi dastlabki 9 ta olimpiadadan keyin jami 87* ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 42 tasi Xorazm, 23 tasi Toshkent shahar, 7 tasi Buxoro, 6 tasi Farg‘ona, 3 tasi Jizzax, 3 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1 tasi Samarqand va 1 tasi Andijon viloyatidan. Hozircha Sirdaryo, Namangan va Qashqadaryodan "super finalchi" aniqlanmadi.

🚛 Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida bu safardan olimpiadalarimiz yo‘lga qo‘yilmoqda.

📊 18-may kuni bir vaqtda o‘n to‘rtta hududda bir vaqtda KHISO va COPERNICUS xalqaro olimpiadalari o‘tkaziladi. Ushbu olimpiadalardagi #top_natija li o‘quvchilar "SUPER FINAL" olimpiadasiga yo‘llanma ham olishadi. Ro‘yxatdan o‘tishga kech qolmang: ➡️ t.me/khiso/4879

9 comments

Gulnoz Tursunova
Salom yaxshimisiz "Yozgi maktabga olimpiadaga qatnashib past natija koʻrsatgan oʻquvchilar toʻlov asosida qatnasha oladimi iltimos ma'lumot berib yuboring.
Gulnoz Tursunova
Hiso maktablari qayerda joylashgan qanday bolalar qabul qilinadi ma'lumot berib yuboring.
Gulnoz Tursunova
Hiso maktablari qayerda joylashgan qanday bolalar qabul qilinadi ma'lumot berib yuboring.
Assalomu alaykum!

KHISO maktabi va oʻquv markazi Toshkent shahrida joylashgan. Sizga shaxsiy xabardan yozib boʻlmadi. Menga telegram orqali yozib yuborsangiz toʻliq maʼlumotlarni tashlab beraman.
Muhammadshukur
Assalomu aleykum bu olimpiadasiga qatnashish tólovlimi va tólovi qancha
Assolomu alykum
Assolomu alaykum yaxshimisiz meni o'g'lim Teshaboeva Mizaqodir Shodyorbek o'g'li 4safardan buyon olnpiyadaga qatnashib keladi rus maktabda o'qiydi o'zbek tili yaniy lotin alifbosi ni tushunmaydi biz rus tilida topshirsak doimo lotin alifbosida berilib kelyapti testlari aya unchalik tushunmayapman sovollarga yaxshi bojara olmayapti 1 sinf o'quvchisi o'zi kechagi olinpiyadayam lotin alifbosida berilgan ekan iltimos shunigayam etibor iltimos Namangan viloyatida Norin tumani
Assalomu alaykum super final qayerda va Qachon bo'ladi iltimos aytvorin
Men 1 urin buldim Khisoda va super finalni yutdim
Va men Khisoga 1-marta qatnashdim men 1urinman shuning uchun menga yozgi maktab bepulmi?