​​❗Вазирлик талабалар контракт нархини арзонлатишни истамаяпти!

2020/21 ўқув йили учун тўлов-контракт миқдорлари ўзгаришсиз қолдирилиши кутилмоқда. Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги матбуот котиби маълум қилди, деб хабар бермоқда Kun.uz мухбири.

Мухбир вазирлик вакилига: «Кузги семестрда ўқиш масофадан ташкил этилса ёки айрим курсларда ўқиш сентябрдан эмас, октябр ойидан бошланса, контракт нархи ҳам шунга мос тарзда камайтириладими?» дея савол билан мурожаат қилди.
Фарҳод Бабашев дастлаб пандемия муносабати билан эълон қилинган карантин чекловлари даврида ОТМларнинг барча профессор-ўқитувчи ва ходимларига белгиланган тартибда иш ҳақлари ва меҳнат таътил пуллари ўз вақтида тўлиқ, жумладан талабаларга стипендия тўловлари ҳам амалдаги норматив ҳужжатлар асосида тўлаб келинаётганини таъкидлади.

«Бу борада талабаларга профессор-ўқитувчилар 2020 йилнинг 1 апрелидан бошлаб, масофавий иш режимига ўтган ҳолда тасдиқланган фан дастурлари асосида белгиланган дарсларни онлайн кўринишида ўтиб келмоқда.
ОТМлар талабаларга масофавий (онлайн) таълим бериш жорий этилгани муносабати билан уни ташкил этиш ва моддий базасини яратишга қўшимча маблағлар сарфламоқда.
Бундан кўриниб турибдики, амалдаги базавий тўлов-контракт миқдори, ўқитишнинг ҳақиқий харажатларига нисбатан кам (бугунги кунда харажатларнинг 69 фоизини қопламоқда холос) белгилангани сабабли тўлов-контракт миқдорларини камайтиришнинг имкони мавжуд эмас», – деди у.

Бабашевнинг қўшимча қилишича, коронавирус пандемияси туфайли фуқароларнинг иқтисодий жиҳатдан қийин аҳволга тушиб қолганини инобатга олган ҳолда вазирлик 2020/21 йилги ўқув мавсумида талабаларнинг тўлов-контракт миқдорида ўзгариш қилишни режалаштирмаяпти.
«Бу борада тегишли ҳужжат яқин кунларда ОАВга эълон қилинади. Шу ҳужжатда батафсил барчасини кўришингиз мумкин», – дея вазирлик мутасаддиси сўзларини келтирмоқда Kun.uz мухбири.

Сафимизга қўшилинг!
👉 @davlattestmarkazi 👈

13 comments

Show 3 more comments
Manzura
2019-yilda Super kontrakt degan narsa endi yòq deb Qòshimcha kontrakt qilib faqat nomini òzgartirib chiqarishgandi. Oddiy kontrakni kamaytirishlariga kòzimiz yetarmidi😒😕
Мохитабоним
Davlat xech qachon talaba uchun yordam bo'ladigan narsani bajarmaydi o'tkan yili xam xech qayerda so'rovnoma o'tkazmasdan stipendiya miqdorini bir xil qilib qo'ygan edi axoli o'rtasida ana shu stipendiya muammosi orqasidan juda ko'p noxushliklar qarshi fikrlar va kurash bo'lib o'tgani yodingizda bo'lsa kerak ammo hech bir yuqoridagi mutassadilar buni inobatga olmagan, o'zgartirmagan va xatto bu uchun talabalani bir qilib fikrlarini yetkazayotgan shaxsga nisbatan telegram tarmog'i orqali do'q-po'pisa qilingani xammaga ma'lum. Endi ikkinchi masala kontrakt miqdorining kamaytirilishi bu uchun xam xarakat boshlandi ammo bundan xam natija chiqmasligi anniq sabab esa oddiy bizga masofaviy(online) dars berayotgan aslida dars o'tishni bilmaydigan va moodle ga googledan topgan ma'ruza matnlarini qo'yib bitta daftarga konspekt qilib qo'yishni ro'kach qilayotgan qo'shtirnoq ichidagi o'qituvchilarning oyliklarini to'lab berishimiz uchun kerek axir biz kontrakt miqdorini kamaytirilishini so'rasak va bu amalga oshsa bizning "fidoooooookooooor" o'qituvchilarimiz kamro pul olib ro'zg'orga yetkiza olmay qoladiku, biz och qolsak qolibmizda axir oddiy xalq xam odammi kontraktni arzon qilib qo'ysa, xullas davlat aytdimi bo'ldi so'z erkinligi xalq bilan muloqot faqat qog'ozda biz ana shunday rvojlanib ketgan davlatmiz, bizga yarashaveradi...
Ota onalarning oylik maoshi kutarilsa kantrakt narxi ham kutarilardi. Hozir teskari bazi xodimlarni oylik maoshi kamaytirildi. Kantraktni ham shunga qarab yo narxini kamaytirishsa yoki o'sha narxda qilsa ota onalar qiynalmasdi. Bulmasa kantraktni qanday tulashga ulgurishadi.!!!
Davlat o‘tgan 2yilda super kantrakdan ancha foyda olgandir hech bo‘lmasa kantraklarni qisqartirsa bo‘lardi Bejizga o‘quvchilar chetga chiqib ketishmaydi 😏
Sarvinoz
Hayron qomadim. Tayyor kepturgan puli ketini kim uzardi😂
Ortolar bu gaplarimizni hec kim oqimidi. Baribir bilganilarini qilishadi. Mayli endi insof bomasa nma qlamuz😏
,assalomu alaykum hammaga.Arafa kuni mubore bosn.Hozirgi sharoitdan keb chiqb o‘zlarini bizani o‘rnimizaga qo‘yb ko‘rishsin.Hozi hech qatta ish yo bosa bo‘lgandayam har ikki uch kundan jiddiylashtrlgan karantin.Davlat xalqni axvolini bilishi kereku togrimi.hech kimam daraxtdan terb olmidi pulni hamma peshona teri bn oladi.Xullas HAMMALARIGA INSOF BERSIN ALLOHIM!
Tooog‘ooo gazini boosiing 😁😆🤑🤑
Assalamu alaykum Barchaga Man ham Hozrgi sharoitdan kelib chiqib Kantrakti insof bilan sal tushirishsa qarshi emasman. lekini bor azizlar Davlatga ham O'sha o'qituvchilarga ham Oson tutmanglar Bu hammaga kelgan To'y Sabr qilib Duo ila kuzatamiz 🤲