Bir necha oy oldin ustozim akademik Azimboy Sadullayev “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan taqdirlangani haqida post qoʻygan edim.

Bugun Koʻksaroy qarorgohida shaxsan prezidentimiz tomonidan orden oʻz egalariga taqib qoʻyildi!

Ustozimni yana bir bor yuksak unvon bilan tabriklayman va mustahkam sogʻlik tilayman. Oilangiz va shogirdlaringiz baxtiga sogʻ omon boʻling. Biz shogirdlaringizga ham yorugʻ yoʻlingizni bersin!

Cheksiz hurmat bilan shogirdingiz Bozorboyev Sardor!

1 comment

Устозни юксак унвон билан табриклайман. Хамма вакт халк ардогида булинг. Илохим, умрингиз узок булсин. Сизга хамма хавас ва фахр билан карайди, чунки Сиз ажойиб шогирдларни тарбияладингиз, мамлакатимиз равнакига жуда катта хисса кушдингиз. Аллох Сизни уз панохида асрасин. Мартабангиз бунданда улуг булсин.